Beta sinovlari tamom, Samsung rasmiy One UI 5 tizimini tez orada jo‘natishni boshlaydi

Beta sinovlari tamom, Samsung rasmiy One UI 5 tizimini tez orada jo‘natishni boshlaydi

Samsung oktyabr oyining oxirigacha One UI 5 tizimini Galaxy S22 modellari uchun taqdim etadi. Ushbu xabar Samsung kompaniyasining dasturchilar konferensiyasida ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, yangilanish bilan smartfonlar Android 13 operatsion tizimiga ham o‘tadi. Unda yanada takomillashtirilgan Material You funksiyasi, dinamik mavzular va ekran qulfi, bundan tashqari, Samsung smartfonlarida birinchi marta ko‘p foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlash funksiyasi bo‘ladi. 

Endi qo‘l harakatlari bilan smartfonda turli xil vazifalarni bajarish mumkin bo‘ladi. Misol uchun, barmoqni ekranning pastki qismidan tepaga ikki marta surganda ekran ikki qismga ajratiladi. 

Bu yil yangi One UI qobig‘i o‘tgan yilgiga qaraganda ertaroq tarqatilmoqda. One UI 4 tizimining jo‘natilishi o‘tgan yilning noyabr oyida boshlangan edi. Undan oldingi One UI 3 esa Galaxy S20 modellariga 2022 yilning dekabr oyida kelgan edi. 

O‘QING: Xiaomi 13'ning yangi jonli surati uning orqa kamera dizaynini oshkor qildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!