“Bilayn” va Vector yosh tadbirkorlarni o‘z g‘oyalarini loyihalarga aylantirishni o‘rgatishadi

“Bilayn” va Vector yosh tadbirkorlarni o‘z g‘oyalarini loyihalarga aylantirishni o‘rgatishadi

“Bilayn” shahar tadbirkorlari onlayn-instituti “Strelka” Vector bilan birgalikda Barselonada Jahon mobil kongressida bo‘lib o‘tadigan Global Mobile Challenge tanlovining bosqichi bo‘lmish Eurasia Mobile Challenge halqaro innovatsiyalar tanlovini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim loyihasini ishga tushirmoqdalar. Chempionatning Yevrosiyo bosqichi ikkinchi marotaba O‘zbekiston, Armeniya, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ukrainada bo‘lib o‘tadi.

2016 yilning 15 oktyabr kuniga qadar eurasiamobilechallenge.com saytida g‘oya, konsepsiya, yoki digital-yechimning prototipini ro‘yhatdan o‘tkazgan tanlov ishtirokchilari tadbirkorlik sohasida halqaro va rossiyalik ekspertlar bilan birgalikda “Strelka” Instituti tarafidan yaratilgan 2 ta’lim kursiga bepul kirish imkonini oladilar.

Vector ekspertlari startaplarni joriy qilish sohasida tayyorgarlik va maxsus bilimlarga ega bo‘lmagan texnik yoki gumanitar mutaxassislikga ega bo‘lgan yosh tadbirkorlar – Eurasia Mobile Challenge ishtirokchilari uchun 2 dasturni tanlab oldilar.

Birinchi kurs “Qanday qilib mobil ilova yaratish mumkin” deb nomlangan bo‘lib, g‘oyani ommabop ilovaga aylantirishni istaganlar, lekin avval bu ishni amalga oshirmaganlar uchun mo‘ljallangan. Muvaffaqiyatli loyihalarni yaratgan 25 yaratuvchi ilk g‘oyalarni tekshirib, bozorga tayyor mahsulotni taqdim etishgacha bo‘lgan har bir bosqichda qanday ish tutish va nimalarga ahamiyat berish haqida o‘z tajribalari bilan ulashadilar.

Ikkinchi kurs “Tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlik” deb nomlangan bo‘lib, g‘oya, xobbi yoki loyihani pullash modelini tanlash, biznes-plan tuzish va investorlar va banklar bilan munosobatlar qurish haqida gapirib beriladi.

Istalgan payt onlayn ta’lim olish mumkin, darslar erkin tartibda o‘tiladi, o‘quv materiallari esa rus tilida taqdim etiladi. Onlayn-platforma tufayli kurslarga O‘zbekiston, Armeniya, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ukrainadagi yosh tadbirkorlar kirish huquqini oladilar.

Vector shahar tadbirkorlar onlayn-maktabi — tadbirkorlik fikrlash shakliga ega bo‘lishni istaganlar uchun maskandir. Kurslar insonlarning ehtiyojlarini tushunishga yordam beradi, muammolarni qanday qilib yechimlarga, g‘oyani — mahsulotga aylantirish, shuningdek tijorat, ijtimoiy, keng ko‘lamli va kichik muvaffaqiyatli loyihalarni yaratish haqida so‘zlab beriladi.

Yevrosiyo innovatsiyalar tanlovi — tadbirkorlik bilimlarni yaxshilash, nostandart fikrlashni namoyon etish va pullik sovrin yutib olish uchun imkondir. Ikki yildan beri Eurasia Mobile Challenge VimpelCom Ltd. Guruhining “Make Your Mark” (“O‘z izingni qoldir”) ijtimoiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, yoshlarga ularning texnik bilimlariga qaramay, kelajakni barpo etish, umuman mamlakatda, shuningdek hududiy darajada iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga imkoniyatlarni yaratib beradi. Tanlov digital-, mobil, moliyaviy, cloud (bulutli) va M2M yechimlar, big data, shuningdek ijtimoiy muammolarni bartaraf eta oladigan ilovalarning konsepsiyasini yoki tayyor prototipini taqdim eta oladigan texnik va gumanitar mutaxassislikdagi yoshlarga, yosh tadbirkorlar va startaperlarga mo‘ljallangan.

Har bir ishtirokchi-mamlakatda chempionatning mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tadi, uning doirasida ishtirokchilar o‘z mamlakatlaridagi raqiblari bilan bellashadilar. 24 guruh (har bir mamlakatdan 3 guruh) hududiy bosqichning finaliga yo‘l oladilar. Hududiy finalning 3 g‘olibi pullik sovringa ega bo‘ladilar va 2017 yilda Barselonada Halqaro Mobil kongressida bo‘lib o‘tadigan global finalda kurashni davom ettiradilar. Hududiy bosqichlar chog‘ida har bir ishtirokchi seminarlar, master-klasslar va pitch-sessiyalarda o‘z konsepsiyasini g‘oyalarini tayyor mobil yechimga aylantirishda ko‘mak bera oladigan mahalliy va halqaro ekspertlar va mentorlar bilan birgalikda test sinovidan o‘tkazish, kam-ko‘stini to‘ldirishlari mumkin.

G‘oyani ro‘yhatdan o‘tkazish va Vector shahar tadbirkorlari onlayn-maktabining kurslariga chegirmani qo‘lga kiritish uchun Eurasia Mobile Challenge  saytida ariza qoldirish kerak.

Ro‘yhatdan o‘tish tugagandan so‘ng ishtirokchiga maktubda Vector kurslarini o‘tish uchun chegirmali promo-kodli ma’lumot keladi.

Tanlovda ro‘yhatdan o‘tish 2016 yilning 15 oktyabr kuniga qadar davom etadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.