Bill Geyts qaysi smartfondan foydalanishi ma’lum bo‘ldi

Bill Geyts qaysi smartfondan foydalanishi ma’lum bo‘ldi

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Fox News telekanaliga bergan intervyusida yaqinda Android-smartfon ishlata boshlaganini ma’lum qilgan. Shuningdek, sayyoramizning eng boy kishisi iPhone ishlatmasligiga alohida aniqlik kiritib o‘tgan. Demak, bungacha janob Geyts Windows operatsion tizimida ishlaydigan smartfondan foydalanib kelgan.

Uchinchi doimo ortiqcha ...

Microsoft kompaniyasida ishlaydigan bir nechta top-menejerlar allaqachon o‘zlarining milliy mobil platformalaridan voz kechib bo‘lishgan. Misol uchun, smartfonlarga mo‘ljallangan Windows tizimi muallifi bo‘lmish Jo Belfiore iPhone flagmanidan foydalanadi. Kompaniya rahbari Satya Nadella esa kompaniya ilovalari bilan boyitilgan maxsus iPhone Pro tizimidan foydalanib keladi.

Bill Geyts Android tizimida ishlaydigan smartfon ishlatishini ma’lum qilgan bo‘lsa ham, aynan qaysi model ekaniga oydinlik kiritmagan. Buning Samsung Galaxy S8 bo‘lishi haqiqatga yaqin. Boisi, kompaniya apreldan boshlab Samsung Galaxy S8'ning Windows tizimida ishlaydigan talqinini sotuvga chiqargan edi.

Telekanalga Stiv Jobs hayotiga bag‘ishlangan suhbatga kelgan Geyts do‘stini daho deb atagan bo‘lsa ham, u uyida Apple gadjetlaridan foydalanishni taqiqlab qo‘ygani bilan nom qozongan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylarda Windows Phone / Windows 10 Mobile smartfonlari savdosi nol foizga tushib, deyarli inqirozga yuz tutdi. Jami mobil platformalar orasida bu tizim ulushi 0.01% ni tashkil qiladi. Android va iOS ulushi esa 99% ga yetgan. Microsoft o‘zining mobil biznesi bo‘lgan Nokia'ni 2014 yilda $7.2 mlrd dollarga sotib olgan bo‘lsa ham, kompaniya bu brenddan voz kechdi. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya yangicha sirli mobil gadjetlar ustida izlanishlar olib bormoqda.

Biroq, Windows mobil tizimining yana raqobatga qaytishi kutilmoqda. Xususan, Microsoft'ning so‘nggi Windows 10 operatsion tizimini smartfon, planshet, noutbuk va kompyuetrga ham o‘rnatish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!