Bir sutkada bu smartfonga 300 mingta buyurtma berildi

Bir sutkada bu smartfonga 300 mingta buyurtma berildi

Iyun oyi smartfon bozoridagi yangiliklarga boy bo‘ladi. OnePlus 5, Huawei P10, Honor 9 va boshqa flagmanlar bu oyda ommaviy ravishda savdoga chiqariladi. Ular orasida Huawei taqdim qilgan Honor 9 smartfoni Huawei P10 flagmaniga xos ilg‘or jihatlari, Honor 8’ga xos dizayni va qulay narxda ekani bilan ajralib turadi.

Honor 9 smartfonining 5,15 dyuymli (IPS matritsa) Full HD displeyi old panelning 70 foiz maydonini egallagan. Honor 9 ham qo‘sh ob’yektivli bosh kameraga ega bo‘lgan. Bu modullardan biri 12, boshqasi 20 megapikselli.

Akkumulyatorning elektr toki sig‘imi 3200 mA soat bo‘lib, smartfon USB Type-C universal porti hamda Super Charge 3.0 texnologiyasi yordamida tezkor quvvat oladi. Ya’ni, 60 daqiqada quvvatini 90 foizga to‘ldiradi.

Honor 9 to‘g‘risida batafsil o‘qing.

Honor 9’ning eng quyi — 4/64 Gb xotirali talqini $338 dollardan sotuvga chiqarilmoqda. Xitoyda smartfonga avvaldan buyurtma berish jarayoni boshlab yuborilgan. Bir sutkada 300 ming nafar xitoylik Honor 9 xarid qilish istagini bildirib, flagmanga buyurtma bergan.

Smartfonning apparat platformasiga Huawei P10’dagi kabi, firmaning shaxsiy 8 yadroli Kirin 960 chipseti o‘rnatilgan. Huawei protsessori eng ilg‘or Snapdragon 835’dan ancha-muncha sekin ishlaydi, deb o‘ylaganlar uchun platformalar samaradorligini baholaydigan Geekbench resursidan olingan quyidagi natijalarni e’lon qilamiz.

Ko‘p yadroli ishlashda

Bir yadroli ishlashda

Ko‘rib turganingizdek, Honor 9 gadjeti samaradorlikda Xiaomi Mi6 va Samsung Galaxy S8’dan bir oz orqada bo‘lsa ham, Sony Xperia XZ Premium va LG G6 kabi o‘zidan 2 barobar qimmat gadjetlarni ortda qoldirgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!