Bizni laqillatishibdi: Xiaomi Black Shark rasmlari feyk ekan!

  •   DiMaX
  •  1450
  •  05.04.2018 11:29

Bizni laqillatishibdi: Xiaomi Black Shark rasmlari feyk ekan!

Esingizda bo‘lsa, kuni kecha internetda Xiaomi kompaniyasining o‘yinbop smartfoni – Black Shark modelining suratlari va ayrim xususiyatlari haqida ma’lumot tarqalgan edi. Ko‘plab internet-nashrlar qatori biz ham ularni zo‘r ishtiyoq bilan sizga – muxlislarimizga yetkazgan edik.

O‘QING: Xiaomi’ning 13 apreldayoq taqdim etiladigan «Qora akula» smartfonini batafsil tomosha qilamiz!

O‘shanda smartfonning barcha rasmlari juda professional olingan, tegishli yozuvlari bor edi. Shu bois ham jahondagi minglagan jurnalistlar unga ishonib, o‘z nashrlarida e’lon qilgan edilar. Ammo, afsuski, 4 aprel kuni  Black Shark Technologies kompaniyasi rahbari o‘sha rasmlarning feyk ekanligini ma’lum qildi.

Suratlarning ilk manbasi noma’lum, ular Weibo ijtimoiy tarmog‘ida shunchaki muallifi ko‘rsatilmgan holda chop etilgan ekan. «Qora akula»ni tayyorlayotgan Xitoy brendi rahbarining ta’kidlashicha, aslida bu smartfon o‘sha suratlarda tasvirlanganidan anchagina ko‘rkam emish.

To‘g‘ri, Black Shark qurilmasi aslida qanday qiyofaga ega ekanligi hozircha noma’lum. Ammo bunga ham tez orada oydinlik kiritiladi – devaysning 13 aprelda taqdim etilishi haqidagi ma’lumot to‘g‘ri ekan. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: Xiaomi’ning qudratli Blackshark smartfoni Geekbench’da imtihon topshirdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.