Blackberry Android’da ishlaydigan ikkinchi QWERTY smartfonni chiqaradi

Blackberry Android’da ishlaydigan ikkinchi QWERTY smartfonni chiqaradi

Kanadaning  Blackberry firmasi bir yildan buyon o‘zining operatsion tizimidan chekinib, Android’da ishlaydigan qurilmalarni tayyorlamoqda. Kompaniya bundan bir necha kun avval kuchli texnik parametrlarga ega Blackberry DTEK60 modelini taqdim qilgan edi.

3D News nashrining yozishicha, ayni vaqtda firma Mercury kodi ostida Blackberry DTEK70 smartfonini ishlab chiqmoqda. Model 2017 yilning birinchi choragida namoyish etilishi mumkin.

02

Shunday bo‘lsa-da, Geekbench benchmarkida smartfonga tegishli ba’zi muhim tafsilotlar e’lon qilindi. Model 4,5 dyuymli HD ekran va mexanik QWERTY klaviaturaga ega bo‘ladi. Unga bir kristalli takt chastotasi 2,02 bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 625 protsessori, 3 GB operativ va 32 GB doimiy xotira o‘rnatiladi.

Shuningdek, model 18 MPli asosiy va 8 MPli old kamera bilan jihozlanadi. Akkumulyatorining sig‘imi – 3400 mA/soat. Hozirda mavjud ma’lumotga ko‘ra, barmoq izi skaneri klaviaturadagi bo‘shliq tugmasida joylashadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!