Blackview S6: hamyonbop va hammabop smartfon sotuvda!

Blackview S6: hamyonbop va hammabop smartfon sotuvda!

Bugun xitoylik yosh kompaniyalarning arzon va sifatli smartfonlar chiqarishi yangilik bo‘lmay qoldi. Ekrani romsiz va 18:9 standartli displey, shuningdek qo‘sh sensorli kameraga ega devayslar soni yana bitta ga oshdi. Blackview kompaniyasi kuni kecha hamyonbop va zamonaviy ko‘rinishdagi Blackview S6 smartfonini taqdim qildi.

$99,99 dollar evaziga 5,7 dyuymli, 1440x720 piksel sig‘imli smartfon xarid qilish mumkin. Uning platformasida 4 yadroli MT6737 chipseti, 2 Gb operativ xotira va 16 Gb doimiy xotira mavjud. Xotirani 128 gigabaytgacha kengaytirish mumkin.

Bosh kameraga 2 ta modul o‘rnatilgan. 8 Mp va 5 Mp aniqligidagi kameralarda portret rejimi ham mavjud.

Blackview S6 apparatining o‘ziga xos jihati sifatida ulkan akkumulyatorni aytish mumkin -- bu "quvvat toshi" 4180 mA soat tok sig‘imiga ega.

Smartfon Android 7.0 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. 2 ta sim-kartali devaysda barmoq izi skaneri mavjud. Gadjet Wi-Fi, GPS va to‘rtinchi avlod LTE modullariga ega bo‘lgan.

Smartfon ayni paytda sotuvga chiqarilgan va internet do‘konlari orqali sotilmoqda. Uni biz orqali xarid qilish istagida bo‘lsangiz, unda quyidagi manzildagi maqolamiz bilan tanishib chiqing.

AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!