Bozordagi eng tezkor va kuchli smartfonlar

Bozordagi eng tezkor va kuchli smartfonlar

Taniqli «TheUnlockr» texno-portali eksperti Devid Kogen 2017 yilda ishlab chiqarilgan va ayni paytda bozorda sotilayotgan eng samarali platformaga ega mobil aloqa vositalarini aniqladi. Unga ko‘ra, iPhone X, Huawei Mate 10 Pro, Galaxy Note 8, OnePlus 5T, Essential Phone va Pixel 2 XL kabi flagmanlar ilg‘or deb topilgan va o‘zaro taqqoslangan.

Tajriba jarayonida smartfonlarning foydalanish jarayonidagi tezkor ishlashi o‘rganilgan. Unga ko‘ra barcha flagmanlar eng so‘nggi operatsion tizimga yangilangan, xotiralari tozalanib, barchasiga sinov uchun tanlangan ilovalar yuklangan.

Imtihonda oxirgi o‘rin Huawei Mate 10 Pro'ga nasib qilgan va mazkur smartfon 31 ball to‘plagan. Huawei asosan samaradorlik emas, smartfondan uzog‘roq foydalanish imkonini beradigan texnologiyalarga diqqat qaratadi. Keragidan ortiq va foydalanuvchiga sezilmaydigan tezkorlikdan ko‘ra, shunday yondashuv ham maqsadga muvofiq.

Reytingda ikkinchi o‘rinni Essential Phone va iPhone X flagmanlari egallagan va ularning har ikkalasi 27 ball to‘plagan. Bu o‘rinda iPhone X protsessorining o‘ta samaradorligini hisobga olish kerak, biroq tezkor xotiraning kichikligi ba’zida pand beradi.

22 ball to‘plagan Google Pixel 2 XL «toza» Android tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Keyingi o‘rinlarda 21 ball bilan Samsung Galaxy Note 8 va OnePlus 5T smartfonlari turibdi. Huawei Mate 10 Pro bilan taqqoslab ko‘rganda, Samsung flagmani 33% ga samarali. OnePlus 5T esa 18 ball to‘plagan. Eslatib o‘tamiz, bu smartfon 2017 yilda eng tezkor flagman deb topilgan edi. Bu gal esa omadi kelmagan ko‘rinadi.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.