Bu yil Huawei muxlislarini syurpriz kutmoqda!

Bu yil Huawei muxlislarini syurpriz kutmoqda!

2018 yilning hozirgi holatida Huawei kompaniyasi jahonning eng ko‘p smartfon ishlab chiqarayotgan va yetkazib berayotgan kompaniyalari "uchligi"dan o‘rin egallagan. Uning smartfonlari Osiyoda ham, Yevropada ham juda ommalashgan. Jumladan, O‘zbekistonda ham bu model ommabopdir. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda mazkur brend 153 million dona mobil telefon sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Agar Huawei smartfonlariga nisbatan ehtiyojni 2016 yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, 2017 yilda bu xitoylik korporatsiyaning smartfon savdosi 10% ga oshganiga guvoh bo‘lamiz. Shu bilan birga, 2018 yilda kompaniyaning "aqlli telefon"lariga talab yanada o‘sishi kutilmoqda. Bu to‘g‘rida Huawei prezidenti Ren Jengfey jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda brendning barcha ishqibozlarini yaxshi xabarlar kutmoqda. Huawei bu yil smartfonlar safini yangi modellar bilan to‘ldiradi. Xususan, firma brendi ostida o‘nlab hamyonbop modellar taqdim qilinishi rejalashtirilgan.

Huawei rahbari, shuningdek 90% xaridorlar arzon smartfonlarni ma’qul ko‘rishayotgani, shu bois kompaniya 2018 yilda hamyonbop smartfonlari savdosini 25 foizga oshirishni maqsad qilgani to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.

Huawei kompaniyasi ayni paytda premium-turkumga xos qimmatbaho smartfonlar bozorida ham Apple va Samsung korporatsiyalariga qarshi kuchli raqobatni ushlab turibdi. Jumladan, neyron tolali "sun’iy ong"ga ega chipsetlar ishlab chiqarishda ham innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilmoqda. Yanada arzon smartfonlarning ishlab chiqarilishi kompaniya daromadini oshirish barobarida, raqobatda raqiblardan ustun kelish uchun qulay imkoniyat beradi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.