Bugun xalqaro axborot himoyasi kuni

Bugun xalqaro axborot himoyasi kuni

1988 yilda AQSh kompyuter jihozlari Uyushmasi 30 noyabrni xalqaro axborot himoyasi kuni (Computer Security Day) deb e’lon qilgan.

Bu kunni e’lon qilishdan maqsad barcha kompyuter foydalanuvchilariga axborotni muhofaza qilish chorasini ko‘rish, shuningdek axborot texnologiyalari qurilmalari ishlab chiqaruvchilarga xavfsizlik masalalarini eslatib turishdir.

1988 yilda kompyuterlarda “chuvalchang” (cherv) nomli virus epidemiyasi avj olgan. Shundan so‘ng mutaxassislar axborot xavfsizligini ta’minlash ustida jiddiy bosh qotira boshlagan. Shu kundan boshlab kompyuter jihozlari Uyushmasi axborot muhofazasi yo‘lida konferensiya va foydali tadbirlar tashkillashtirib keladi.

Bu tadbirlarda viruslar yetkazgan zarar miqdori ham aytib o‘tiladi. Masalan, 2000 yilda tarqagan “I loveyou” virusi Shimoliy Amerikaning o‘ziga bir milliard dollar zarar keltirgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!