Buklama-flagman Samsung W2019 o‘zini uzoq kuttirmaydi
2017 yilning dekabrida Samsung kompaniyasi Samsung W2018 smartfonini namoyish qilgandi. Qurilma haqiqatan ham qimmat buklama-smartfon bo‘lib, turtib chiqadigan kamerasi bilan ta’minlangandi. Ana endi, tarmoqlarda uning izdoshi haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi. U Samsung W2019 bo‘ladi.
Tvitter insayderlarining ta’kidlashicha, yangi buklama Samsung qurilmasi Project Lykan, deb nomlangan va keyingi paytda urf bo‘lgan asosiy qo‘sh kameraga ega bo‘ladi. Qolaversa, u shu yilning oxirigacha sotuvga chiqadi.
O‘QING: Samsung Galaxy S9 va S9+ narxlari «chaqib oladigan» bo‘ladi
Rasmga qarab aytish mumkinki, ekkala ekran ham joyida. Apparatning ishlashini Snapdragon 845 (Samsung W2018 da Snapdragon 835 edi) chipi ta’minlaydi. Barcha zamonaviy qurilmalardagi kabi, unda ham barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Buklama-flagmanning boshqa jihatlari hozircha ma’lum qilinmadi.
Nima bo‘lganda ham, yangi qurilma haqiqiy flagmanlardek baholangan (2400 dollardan kam emas). Smartfon chin ma’noda kuchli, kamerasi esa a’lo, va albatta, unga eng yangi texnologiyalar qo‘llanilgan. Apparatga yuzni taniydigan funksiya va eng yangi ekranosti daktiloskopik datchik ham o‘rnatilishi mumkin.
O‘QING: Samsung premium smartfon-«raskladushka»ni taqdim qildi