Canon 6D Mark II: smartfonlarga bizday bo‘lishiga hali bor

Canon 6D Mark II: smartfonlarga bizday bo‘lishiga hali bor

29 iyun kuni Canon elektronika kompaniyasi 6D Mark II — yangi to‘liq kadrli raqamli ko‘zguli fotoapparatining bozorga chiqarilish vaqti hamda jihatlari, narxini rasman e’lon qildi.

6D turkumida taqdim etiluvchi kameralar odatda 35mm.li fotoplyonkaga nisbatan kichik bo‘lgan matritsa hajmiga hamda yuqori sifatli to‘liq kadrli ko‘zguli fotoapparatlarning ilg‘or jihatlariga ega bo‘lishadi.

Canon ma’lum qilishicha, yangi kamera fotografiyaga qiziquvchi barchaga mo‘ljallangan bo‘lib, gadjet yosh foydalanuvchida ‘ko‘zguli’ kamerada suratga olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. CMOS-matritsada to‘liq hajmli kadr oluvchi Canon 6D Mark II portret, peyzaj janrida yorug‘lik past sharoitda ham yuqori sifatli surat muhrlaydi.

Картинки по запросу canon 6d mark ii

Canon 6D Mark II jihatlari:

6D Mark II apparati yangi 26 megapikselli to‘liq kadrli CMOS-sensoriga, (original 6D’da 20,2 megapikselli) ega bo‘lgan. DIGIC 7 chipi yordamida sensor 100 dan boshlab 40000 (Mark I’da 25600) gacha bo‘lgan ISO diapazonlarida ishlaydi.

Canon 6D Mark II sekundiga to‘xtovsiz 6,5 ta kadr olishga qodir (original 6D’da 4,5 k/s).

Kameradagi avtofokus tizimi 45 belgiga ega, shu bilan birga ularning o‘zaro ko‘ndalang joylashuvi tizimning yanada samarali ishlashiga xizmat qiladi. Qolaversa, kamerada 2 pikselli CMOS-avtofokusirovka tizimi ham mavjud.

Mazkur tizim Full HD video tasvirga olganda ham ishlaydi. Kamera 4K sig‘imli video tasvirga olmaydi. Biroq, HDR Video funksiyasida unda detallarni boy bermasdan turib video yozish mumkin.

Kamera orqa panelida 3 dyuymli quyuq kristalli displey mavjud. Bu mazkur turdagi kameralarga o‘rnatilgan, “Vari-angle” turiga kiruvchi ilk ekran.

Kamera chang va suv ta’siridan himoyalangan. U aloqaning Wi-Fi, NFC, Bluetooth va GPS tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

6D Mark II fotoapparatida olingan quyidagi suratlarga baho bering:

   
Savdoga chiqarilish vaqti va narx-navo
6D Mark II 2017 yilning iyul oyi oxirlaridan savdoga chiqariladi. Uning korpus qismi 1999 dollar, Canon 24-105mm f / 3.5-5.6 STM ob’yektivi bilan birga 2599 dollar, Canon 24-105mm f / 4L IS ob’yektivi bilan 3099 dollardan sotiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.