Canon CES 2017 ko‘rgazmasida PowerShot G9 X Mark II kamerasini tanishtiradi

Canon CES 2017 ko‘rgazmasida PowerShot G9 X Mark II kamerasini tanishtiradi

Canon Watch nashrining ma’lum qilishicha, Canon kompaniyasi 2017 yilning yanvar oyida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida PowerShot G9 X Mark II kamerasini namoyish qiladi.

Ushbu ixcham raqamli fotokamera 2015 yilda chiqarilgan PowerShot G9 X modelining davomchisi hisoblanadi. PowerShot G9 X modeli 20MPli sensor, Digic 6 protsessori, 28-84 millimetrli, F/2,9-F/4,9  diafragmaga ega ob’yektiv jihozlangan edi. Uning davomchisi ham taxminan mana shunday, biroq takomillashgan funksiyalarga ega bo‘ladi.

PowerShot G9 X Mark II kamerasi qora va kumush ranglarda tayyorlanadi, unga Wi-Fi moduli o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!