Carzone.uz saytining Android ilovasi ishga tushdi

Carzone.uz saytining Android ilovasi ishga tushdi

Carzone.uz saytining Android ilovasi ishga tushdi. Uni Play Store resursidan yuklab olishingiz mumkin.

Ilovani yuklab olish uchun manzil: Carzone.uz ilovasi

Ilovani smartfoningizga o‘rnating hamda avtomobillarga oid barcha yangiliklar, tavsif va narxlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘ling.

Sayt xabarlarini ilovada bo‘limlar orqali ko‘rish, maqolalarni keyinroq o‘qish uchun tanlab olish hamda o‘zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoq orqali do‘stlaringizga ulashish imkoniyati mavjud. Ilovani ulashish imkoniyati ham mavjud.

Bundan tashqari, ilovada quyidagi qulayliklar bor:

  • Yangiliklarni offlayn tarzda mutolaa qilish (buning uchun internet borligida xabarlarni yuklab olish kerak);
  • Rasm sifatini tanlash (internet trafigini tejashga yordam beradi);
  • Wi-Fi,  mobil tarmoq yoki tanlov asosida rasmlarni yuklab olish;
  • Rasmlarni keshlash (internet trafigini tejash va xabarlarni tez ochishga yordam beradi);
  • Yangiliklar haqida push-xabarnomani yoqish yoki o‘chirib qo‘yish mumkin.

Ilovani yuklab oling hamda avtomobillar va transport sohasiga oid o‘zbek tilidagi qiziqarli xabarlardan har kuni bahramand bo‘ling.

Ilovani yanada mukammallashtirish bo‘yicha fikr-mulohaza va takliflaringizni kutib qolamiz.

Ilovani yuklab olish uchun manzil: Carzone.uz ilovasi