CES 2016: Nikon`dan yangi fotoapparatlar

CES 2016: Nikon`dan yangi fotoapparatlar

Amerika Qo‘shma Shtatlarida boshlangan CES 2016 elektronika ko‘rgazmasiga Nikon kompaniyasi sifatli foto va video ixlosmandlari uchun o‘zning yaxshi gadjetlarni olib keldi. Jumladan, professionallar uchun to‘liq kadrli Nikon 5D kamerasi, reportajbop Nikon D500 va turli ekstremal holatlarni sifatli videoga muhrlashni xush ko‘ruvchilar uchun 4 K formatdagi KeyMission 360 ekshn-kamerasi.

Nikon D5

To‘liq kadrli kamera ayni damda ishlatilayotgan D4 fotoapparatining asl o‘rinbosari va professional fotograflar uchun bayramga munosib sovg‘a.

Qurilma 20,8 MP matritsa bilan yorug‘lik his qilish diapazoni fantastik darajada: ko‘rsatish qobiliyati ISO 100 dan 102400 gacha va bu ko‘rsatkich ISO 3 280 000 gacha ortishi mumkin.

Kamera tasvirga olish jarayonida ajoyib imkoniyatlarga ega: dastlabki fokus olishda soniyasiga 14 ta kadr. Nikon 5D`dagi fazali avtofokus 153-nuqta. Shuningdek, qurilma 99 ta datchik va 180 000 nuqtali ekspozitsiyani o‘lchovchi sensorni o‘z ichiga oladi.

Kamera buferiga 200 tagacha 14-bitli kadr (RAW)sig‘adi va bu ham rekord ko‘rsatkich.  Nikon 5D ekrani sensorli va uning dioganali  3,2 dyuym(2,36 MP).

Qurilma uch daqiqadan ortiq bo‘lmagan 4K-roliklarni suratga olishi mumkin, faqat crop-rejimda. Reportajlar uchun ayni muddao.

Mazkur fotoapparat 2016 yilning mart oyida savdoga chiqariladi. Nikon 5D ning bahosi (ob’yektivsiz)— 6500 AQSh dollar.

Nikon 500D

Nikon D500 kamerasini haqli ravishda Nikon 5D apparatining “ukasi” deyish mumkin. Unga 20,9 MP matritsa o‘rnatilgan. 153-nuqtali avtofokus, 3,2-dyuym qayrilma sensor ekran, kuchli EXPEED 5 protsessori, shuningdek, 79 ta RAW kadrni sig‘dira oluvchi bufer, soniyasiga 10 ta kadr olish imkoni. Bularning barchasi Nikon D500 ga xos ko‘rsatkichlar.

Uning yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, 4K-videoni Bluetooth yoki HDMI ko‘magi bilan smartfonlarga o‘tkazish mumkin. Video xotira kartasida saqlanadi.

Ekspertlarning taxminicha, Nikon D500 bozordagi D300s ning o‘rnini egallaydi. Mart oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilayotgan qurilmaning narxi 2000 AQSh dollari atrofida bo‘ladi.

Nikon KeyMission 360

Ekshn-kamera Nikon –ajoyib gadjet. Ekstremal vaziyatlarni suratga oluvchilar uchun yaxshi yangilik. Qurilma KeyMission 360 nomlandi va 4K-video tasvirga tushiradi. Rasmlarni elektron mo‘’tadillashtirish funksiyasiga ega. Wi-Fi, Bluetooth va NFC kabilarni ham “qo‘llay oladi”.

KeyMission 360 ikta ob’yektiv bilan ta’minlangan va panoramali video tasvirga olish mumkin. Shuningdek, 30 metrlik suv ostida ham suratga oladi. Bordiyu ikki metrlar balandlikdan qulasa yoki qo‘lingizdan tushib ketsa-da, apparatga zarar yetmaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!