CES 2017: Acer 21 dyuymli Predator 21 X noutbukining narxini ma’lum qildi

CES 2017: Acer 21 dyuymli Predator 21 X noutbukining narxini ma’lum qildi

Shu oyning 5-8 yanvar kunlari Las-Vegas (AQSh, Nevada) shahrida o‘tkaziladigan CES 2017 kzrgazmasi arafasida Tayvanning Acer kompaniyasi kuchli texnik parametrlar bilan jihozlangan Predator 21 X noutbukining narxlarini ma’lum qildi, deb yozmoqda Ferra nashri.

Ushbu qudratli o‘yin noutbuki 2016 yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan IFA 2016 ko‘rgazmasida namoyish etilgan edi, biroq kompaniya o‘shanda noutbuk narxi va batafsil texnik parametrlarni oshkor qilmagandi.

Aniqlik formati 2560X1080 piksel bo‘lgan 21 dyuymli qayrilgan ekranga ega ushbu model NVIDIA G-Sync ttexnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, yettinchi avlod Intel Core i7 protsessorida ishlaydi, ikkita GeForce GTX 1080 grafik chiplari bilan kuchaytirilgan. Noutbukka 64 GBgacha operativ xotira o‘rnatish imkoniyati mavjud.

Qurilmaning og‘irligi naq 8 kiloramm. Avtonom ishlash vaqtiga, afsuski, aniqlik kiritilmagan.  Predator 21 X keyingi oydan boshlab sotuvga chiqadi, narxi 8999 dollar atrofida bo‘lishi aytilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.