CES 2017: ASUS uy uchun yangi Wi-Fi routerlarni taqdim qildi

CES 2017: ASUS uy uchun yangi Wi-Fi routerlarni taqdim qildi

Tayvanning ASUS kompaniyasi SES 2017 ko‘rgazmasi doirasida simsiz uy tarmog‘ini yaratish uchun xizmat qiladigan HiveSpot va HiveDot marshrutizatorlarini taqdim qildi, deb xabar bermoqda Ferra nashri.

Yangi routerlar yuqori tezlik bilan ajralib turadi va ASUS Air Radar texnologiyasi asosida ishlaydi. Modellardan biri ( AC2133)  uch polosali, ikkinchisi esa (AC1200) ikkita polosali uzatishga ega. Keng joylarda barqaror simsiz tarmoq hosil qilish uchun 3 dona ushbu qurilmadan o‘rnatish kerak bo‘ladi.

Komplektdagi 3 ta HiveDot 299 dollarga, 3 ta HiveSpot esa 399 dollarga taklif etilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!