CES 2018: LG yangi televizorini rulonda olib keldi

CES 2018: LG yangi televizorini rulonda olib keldi

Xalqaro elektronika ko‘rgazmasi -- CES 2018 qizg‘in tus olmoqda. Janubiy koreyalik LG kompaniyasi esa tadbir davomida bugun o‘zining saunbarida rulon bo‘lib yig‘iladigan televizorini taqdim qildi. Bu -- yig‘iladigan jahondagi ilk televizor. Bu gadjet texnologiyasiga ko‘ra g‘oyatda futuristik. Bu devays texnologiyasi bir qator muammolarga ham nuqta qo‘yadi. Jumladan, uni olib yurish mumkin va xona sharoitida qulay foydalanish mumkin.

Televizorning displey diagonali 65 dyuymli va bu qurilma o‘lchami kichik hajmli xonalarga mos keladi. Misol uchun, uni deraza yoniga ham o‘rnatish mumkin. Zarurat yo‘q paytda esa uni yig‘ib qo‘yish mumkin. Televizorda u bo‘sh vaqtlarda eng zarur ma’lumotlar, jumladan soat, ob-havo, yangiliklar lentasi aks etib turadi.

Afsuski, bu OLED-televizor hozircha namuna va uni ommaviy ishlab chiqarish reja qilinmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.