Chrome, Opera va Firefox’da saytlarning qalqib chiquvchi bildirishnomalarini o‘chiramiz

  •   DiMaX
  •  1262
  •  17.03.2017 18:59

Chrome, Opera va Firefox’da saytlarning qalqib chiquvchi bildirishnomalarini o‘chiramiz

Qaysidir saytda bir zamonlar bildirishnomalarga a’zo bo‘lib qo‘ygansiz-u, endi kerak bo‘lmasayam u qalqib chiqaverib g‘ashingizga tegyaptimi? Balki, shunaqa qalqib chiquvchi bildirishnomalarni umuman chiqmaydigan qilib qo‘yish kerakdir?

Shuni eng ommalashgan uchta brauzerda qanday amalga oshirishni quyida ko‘rib chiqamiz.

Chrome

  1. Brauzer sozlamalarini oching.
  2. Eng pastidagi, qo‘shimcha sozlamalarni ko‘rsatuvchi «Pokazat dopolnitelnie nastroyki» bandini tanlang.

  1. Shaxsiy ma’lumotlar sozlamalarini ko‘rsatuvchi «Lichnie dannie» bo‘limi bor. Undagi «Nastroyki kontenta» tugmachasini bosing.

  1. Ko‘z oldingizda qalqib chiquvchi oyna namoyon bo‘ladi. Undagi «Opoveщyeniya» bo‘limini toping.

  1. Shu kabi bildirishnomalarni saytlar sizga umuman ko‘rsatmasligini istasangiz, ularni taqiqlovchi «Ne pokazivat opoveщyeniya na saytax» opsiyasini tanlang.
  2. Agar qachonlardir biror sayt sizga bildirishnomalarni ko‘rsatishiga ruxsat bergan bo‘lsangiz va hozir faqat shuni bekor qilishni istasangiz, u holda «Nastroit isklyucheniya»ni tanlang. Shu yerda istalgan saytni qo‘shish yoki o‘chirish mumkin.

Jonga teguvchi bildirishnomalardan qutulishning yanada sodda yo‘li ham bor. Qaysi saytga bergan ruxsatingizni bekor qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha saytni oching, manzil qatoridagi eng chapdagi belgichani bosing. Ko‘z oldingizda sahifaning «shaxsiy» sozlamalarining katta menyusi ochiladi.

Undan «Opoveщyeniya» opsiyasini toping va kerakli o‘zgarishlarni kiriting – olam guliston!

Opera

Mazkur brauzer asosida ham xuddi Chrome’dagi kabi «motor» yotadi. Shu bois bu ikkalovining sozlamalari ham o‘zaro o‘xshashroq. Faqat bandlarning nomlanishi farq qiladi. Xullas…

  1. Brauzer sozlamalarini oching.
  2. «Sayti» sahifasiga o‘ting. Sizga kerakli «Uvedomleniya» bo‘limi aynan shu yerda joylashgan.

  1. Qaysi saytlardagi yangilanishlar, bildirishnomalar kelib turishini taqiqlamoqchi bo‘lsangiz, o‘shalarni o‘chiring. Shuningdek, xuddi shu yerdan barcha saytlar uchun bildirishnomalarni ko‘rsatishni birdaniga taqiqlab qo‘yish ham mumkin.

Firefox

Firefox brauzerida ham bildirishnomalarning aks ettirilishini sozlash mumkin. Dastur sozlamalarini oching, keyin esa «Soderjimoye» varaqasiga o‘ting. Mana shu yerdan, qaysi saytlar sizga bildirishnomalarni ko‘rsatishi mumkinligi, qaysilariga mumkin emasligini belgilab qo‘yasiz.

Xuddi shu harakatni manzil panelidagi belgicha yordamida ham amalga oshirish mumkin. O‘sha yerdagi «i» harfi shaklidagi belgichani bosing va hozir o‘zingizda ochiq turgan shu sayt uchun ruxsat/taqiqlarni belgilab qo‘ying.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!