Chromebook Pixel 2 noutbukida Android ilovalarni ishga tushirish mumkin bo‘ldi

Chromebook Pixel 2 noutbukida Android ilovalarni ishga tushirish mumkin bo‘ldi

Bundan bir necha kun oldin Google kompaniyasi Acer Chromebook R11 va ASUS Chromebook Flip modellari uchun Chrome OS 53 dasturini chiqardi. Yangi dastur versiyasida Android ilovalardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Biroq Chromebook Pixel 2 foydalanuvchilari uchun mazkur versiya beta-sinov bosqichida edi. Endilikda barcha uchun chiqarilgan Chrome OS dasturining yangi versiyasida noutbukka Google Play resursidan turli ilovalarni yuklab olshi va o‘rnatish mumkin bo‘ldi.

Ammo, ba’zi foydalanuvchilar tomonidan berilgan xabarlarga ko‘ra, muayyan Android ilovalar noutbukda kutilganidek yaxshi ishlamayapti. Shuningdek, Android ilovalar sensorli ekranlar uchun optimallashtirilganligi, ularning sichqoncha va klaviaturaga har doim ham bir tekis javob berolmasligini esdan chiqarmaslik kerak.

nexus2cee_image-27-728x483

Hozircha boshqa Chromebook modellari uchun bunday imkoniyat qachon tatbiq etilishi yuzasidan ma’lumot berilmagan. Google kompaniyasi ularni shu yilning oxiri yoki 2017 yilning boshida yangilashni rejalashtirgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!