Chuwi firmasi o‘zining ilk noutbukini namoyish qildi

Chuwi firmasi o‘zining ilk noutbukini namoyish qildi

Arzon planshet va aksessuarlar ishlab chiqarishi bilan yaxshi tanilgan Xitoyning  Chuwi firmasi o‘zining Lapbook deb nomlangan ilk noutbukini taqdim etdi. Firmaning qayd etishicha, mazkur model bozordagi eng yupqa va ixcham noutbuklardan hisoblanadi. Bunga ekran atrofidagi ramkalar va klaviatura hajmini qisqartirish hisobiga erishilgan. Noutbukning og‘irligi 1,8 kilogrammni tashkil qiladi.

Gadjetga 15,6 dyuymli Full HD aniqligidagi ekran, Intel Atom x5 protsessori, sakkizinchi avloddagi Intel HD grafikasi, 4 GB DDR3L operativ xotira o‘rnatilgan. Doimiy eMMC xotiraning sig‘imi 64 GB. Qurilma sig‘imi 10 000 mA/soat bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi.

5P3Rt1QiqeByTJUTkjDPBUpNhBck2o

Bundan tashqari, noutbuk 2 MPli asosiy kamera bilan jihozlangan.

Chuwi Lapbook $240 narxida sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.