Clevo P870X – 64 GB operativ xotiraga ega noutbuk, bu hali hammasi emas

Clevo P870X – 64 GB operativ xotiraga ega noutbuk, bu hali hammasi emas

Noutbuklar bozorida qimmat va arzon degan tushunchalarning o‘zi mavjud emas. Sababi noutbukning narxi, ko‘p hollarda, uning texnik parametrlariga bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, Apple, Microsoft va ASUS kompaniyalari kuchli noutbuklar ishlab chiqarishi bilan yaxshi tanilgan.

Biroq yaqinda sotuvga chiqarilishi kutilayotgan Clevo P870X noutbuki bilan solishtirganda yuqoridagi kompaniyalarning eng ilg‘or sanalgan gadjetlari ham chumoliday bo‘lib ko‘rinadi. Nega deysizmi? Unda, keling, noutbuk bilan tanishaylik.

5354

IXBT nashrining yozishicha, Clevo P870X noutbuki hali taqdim etilmagan eng so‘nggi Intel Core i7-7770K protsessorida ishlaydi, unga bir-yo‘la ikkita GeForce GTX 1080 turkumidagi videokarta o‘rnatilgan. Displeyining diagonali 17,3 dyuym, IPS texnologiyasida ishlangan, aniqlik formati – 3840 x 2160 piksel (G-Sync texnologiyasi bilan).

Noutbukning tezkor xotirasi – 64 GB, fayllarni saqlash uchun 2 TBli Samsung 960 PRO SSD va yana ikkita har biri 2 TB bo‘lgan Samsung 850 PRO SSD ko‘zda tutilgan. Noutbuk beshta USB 3.0, ikkita USB-C 3.1, ikkita Mini DisplayPort 1.3 portlari, HDMI, Gigabit Ethernet (x2) va audioslotlar bilan jihozlangan. Akkumulyatorning sig‘imi – 89 Vt/soat. Vazni – 5,5 kg.

Garchi noutbuk hali sotuvga chiqarilmagan bo‘lsa-da, Ceg-Hardcorecustom kompaniyasi uning ikkita nusxasini 16 ming dollardan sotishga ulgurgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!