Dastlabki xaridorlar iPhone X'da olgan suratlarini e’lon qilishmoqda

Dastlabki xaridorlar iPhone X'da olgan suratlarini e’lon qilishmoqda

Apple iPhone X bosh kamerasi 2 ta 12 megapikselli sensorlardan iborat. Unga 7 megapikselli old kamera o‘rnatilgan. 

Bosh sensor f/1.8 diafragmali yorug‘lik linzasiga ega bo‘lgan. Telefoto uchun esa f/2.4 aperturali linza tanlangan. Bu esa yorug‘lik past sharoitda yorqin surat olish uchun xizmat qiladi.

Bosh kameradagi har ikkala sensor optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan.

Tasvirni qayta ishlash jarayonida Apple tezkor avtofokus, HDR-fotolar, rang-tusga to‘yingan piksellarni va’da qilmoqda.

Apple'ning "Portret" rejimiga xos orqa va yon fonni g‘ira-shira qilib suratga olish imkoni bilan 2016 yilda tanishganmiz. iPhone X esa "Portrait Lightning" rejimi bilan o‘ziga xos.

Bosh kamerada olingan suratlarga baho bering:

Kamera masalasida Apple iPhone 8 Plus ham xuddi shunday jihatlarga ega bo‘lgan. Biroq, iPhone X kamerasi mushkul vaziyatlarda ham bir oz yorqin suratlar olishga usta.

Endi suratga tushganda kameralar ob’yektlarning o‘lchamli xaritasini tuzadi. Buni "sun’iy idrok" tizimi amalga oshiradi. Bunda kamera yuzdagi a’zolarni yaqindan taniydi va suratda ham ularga zarur yorug‘likni beradi.

Ayniqsa, 4 tusli LED fotochaqnog‘i surat sifatli chiqishi uchun jonbozlik ko‘rsatadi.

"X" modelining old kamerasi ham portret rejimida suratga olishga mo‘ljallangan ilk iPhone.

Eslatib o‘tamiz, iPhone brendining 10 yilligi munosabati bilan taqdim qilingan iPhone X'ning 5.8 dyuymli displeyi smartfonning old panelini egallab olgan. "Super Retina" Oled displeyning silliq qayrilma yonlari to‘g‘i borib po‘latdan tayyorlangan sinchga joylashgani bois, korpus o‘zidan suv o‘tkazmaydi.

O‘qingiPhone X: “inqilobiy ayfon” haqida 11 fakt!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!