Dasturchilarning maoshi qancha?

  •   DiMaX
  •  10568
  •  14.02.2017 12:03

Dasturchilarning maoshi qancha?

Axborot texnologiyalari sohasidagi ishlar dunyo bo‘ylab eng yuqori haq to‘lanuvchi ishlar qatoriga kiradi. Maosh yuqoriligi jihatidan, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, birinchi o‘rinda direktorlar turadi. Ammo ko‘pincha IT-kompaniyalarda ham oddiy dasturchilar va dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarning ish haqlari ayrim bo‘lim boshliqlarinikidan balandroq bo‘lishi mumkin.

Keling, yaxshisi, «Moyo obrazovaniye» sayti yaqinda e’lon qilgan ma’lumot – Rossiyadagi dasturchilarning oylik maoshlari reytingini ko‘rib chiqsak. Eslatib o‘tamiz – ish haqlari so‘mda ko‘rsatilgan.

Lavozimi O‘rtacha

maosh

Eng yuqori

maosh

Java bo‘yicha yetakchi dasturchi 18 423 000 26 151 000
Oracle bo‘yicha yetakchi dasturchi 16 045 000 23 770 000
1S bo‘yicha yetakchi dasturchi 15 450 000 23 770 000
PHP bo‘yicha yetakchi dasturchi 15 450 000 23 770 000
S# bo‘yicha yetakchi dasturchi 14 490 000 20 200 000
S++ bo‘yicha yetakchi dasturchi 14 262 000 21 390 000
Java bo‘yicha dasturchi 14 856 000 23 770 000
Oracle bo‘yicha dasturchi 14 262 000 21 390 000
Reliz-muhandis 14 262 000 23 770 000
iOS bo‘yicha ishlab chiquvchi 13 662 000 21 390 000
1S bo‘yicha dasturchi 13 075 000 21 390 000
Ruby bo‘yicha dasturchi 13 075 000 17 823 000
S++ bo‘yicha dasturchi 13 075 000 20 203 000
Android bo‘yicha ishlab chiquvchi 13 075 000 20 203 000
Delphi bo‘yicha dasturchi 12 475 000 17 823 000
Python bo‘yicha dasturchi 12 475 000 19 016 000
PHP bo‘yicha dasturchi 11 405 000 21 390 000
JavaScript bo‘yicha dasturchi 11 288 000 17 823 000
Perl bo‘yicha dasturchi 11 288 000 21 390 000
Flash bo‘yicha ishlab chiquvchi 10 695 000 17 823 000

Superjob portali tadqiqotlar markazi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Java bo‘yicha yetakchi dasturchining o‘rtacha ish haqi sinovdan o‘tkazish bo‘limi rahbarining maoshidan yuqoriroq ekan. Dasturchining maoshi tegishli lavozimga talabgorlar soniga ham bog‘liq bo‘larkan. Ya’ni, qaysi lavozim talablariga javob bera oluvchi dasturchilar qancha kam (raqobat past) bo‘lsa, shu lavozim uchun maosh shuncha yuqori bo‘lar ekan.

Yuqoridagilardan tashqari, dasturchining maoshi u dastur yozadigan tilga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, faqat JavaScript’da yozadigan dasturchilarga talab past va ularning xizmati uncha yuqori baholanmaydi. Chunki JavaScript – ancha keng tarqalgan va u odatda boshqa tillarga qo‘shimcha til hisoblanadi.

Superjob tadqiqotchilarining izohlashicha, Perl tilli dasturchilarda ham shunga o‘xshash holat – ularga ehtiyoj kamayib bormoqda. Perl tili dasturlashtirishning boshqa, zamonaviy tillari tomonidan siqib chiqarilmoqda va unda «ijod qiluvchi» dasturchilar boshqa tillarni o‘zlashtirib olishmoqda.

Xo‘sh, yuqoridagi raqamlarni ko‘rib, sizning ham dasturchi bo‘lgingiz, yoki farzandingizni shu sohaga yo‘naltirgingiz kelib qoldimi? Unda saytimizni kuzatib boring – bu borada muhim va qiziq ma’lumotlar hali oldinda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!