Dell kichik biznesga yo‘naltirilgan ixcham noutbuklarni taqdim etdi

Dell kichik biznesga yo‘naltirilgan ixcham noutbuklarni taqdim etdi

Dell kompaniyasi kichik biznesga mo‘ljallangan ixcham Latitude 13 3000 seriyasidagi noutbuklarni namoyish qildi. Mazkur seriyadagi modellar nisbatan arzon va yaxshi bazaviy konfiguratsiyalarga ega.

Seriyadagi noutbuklarga 13,3 dyuymli sensorli Full HD (1920 x 1080 piksel) aniqligidagi ekran o‘rnatiladi. Eng qizig‘i, noutbuklarni bukib, ulardan turli rejimlarda foydalansa bo‘ladi. Noutbuklar oltinchi avlod Intel Core i3 yoki i5 protsessorlarida ishlaydi, maksimum 16 GB tezkor xotira va 512 GB SSD bilan ta’minlanadi.

482054

Bundan tashqari, Windows Hello uchun yuzni tanish maqsadida infraqizil sensor ham ko‘zda tutilgan. Noutbuk HDM, to‘liq o‘lchamli USB, USB Type-C va SD-karta portlariga ega. Standart konfiguratsiyadagi Dell Latitude 13 3000 modelining narxi 699 dollarni tashkil qiladi. Seriyadagi eng qimmat model 1099 AQSh dollariga baholangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.