Dell simsiz quvvat oluvchi jahondagi ilk noutbukni sotuvga chiqardi

Dell simsiz quvvat oluvchi jahondagi ilk noutbukni sotuvga chiqardi

Taniqli noutbuk ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Dell kompaniyasi 2017 yilning yanvarida o‘tkazilgan CES-2017 elektronika mahsulotlari ko‘rgazmasida ilk simsiz quvvat oluvchi laptop konsepsiyasini namoyish qilgan edi.

12 iyuldan ishlab chiqaruvchi "2 tasi 1 da" tamoyili asosida ishlaydigan Dell Latitude 7285 jahondagi ilk simsiz quvvat oluvchi gibrid noutbukini sotuvga chiqardi.

Simsiz quvvatlash uchun xaridor Dell 7285'ga qo‘shimcha 380 dollarga simsiz zaryad oluvchi klaviaturani sotib olishi kerak bo‘ladi. Klaviatura o‘zi alohida $380 dollar turadi. Planshet kompyuterining o‘zi ham arzon emas. Uning eng arzoni 1200 dollardan sotilmoqda.

Dell 7285'ga mo‘ljallangan klaviaturaning boshqa talqinlari ham bor — biri o‘ta yupqa bo‘lib, sayohat chog‘ida malol kelmaydi va boshqasi o‘zida qo‘shimcha 4 soatlik quvvatni jamlaydi. Planshet esa to‘liq quvvat bilan 6 soat ishlashga mo‘ljallangan.

Simsiz quvvat olish texnologiyasi qanday ishlaydi?

Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, Dell Latitude 7285 devaysining planshet qismi simsiz quvvat ololmaydi. Gadjetni simsiz quvvatlash uchun uni maxsus klaviaturaga ulash kerak bo‘ladi. WiTricity texnologiyasi joriy qilingan klaviatura magnit tebranishi effekti asosida quvvat oladi.

Shuningdek, Dell kompaniyasining ma’lum qilishicha, planshet quvvat olayotganda metall bo‘lmagan yuzada turishi kerak. Foydalanuvchi quvvat olayotgan noutbukni metall yuzadan kamida 5 sm yuqoriga qo‘yishi kerak.

Windows 10 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydigan Dell Latitude 7285 planshet kompyuteri 12 dyuymli Sharp IGZO displeyiga ega. Uning sig‘imi 3K (2880 x 1920 pikselli). Gadjet 7-avlod Intel Core protsessorlari, 8 yoki 16 GB tezkor xotira, 512 GB doimiy ichki xotiraga ega bo‘lgan.

Korpusda USB Type-C/Thunderbolt 3 portlari, kard-rider, audio porti mavjud.  Dell Latitude 7285 2 diapazonli  Wi-Fi (802.11ac), Bluetooth 4.2, Miracast va WiGig aloqa standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Noutbuk o‘lchami: 273,2 x 208,5 x 7,8 mm, vazni — 675 gramm.

Narx-navo

Dell Latitude 7285 noutbukining eng arzoni 1200 dollardan sotiladi. Bu talqin 7-avlod Core-i5-7Y54 protsessori, 128 GB doimiy xotira va 8 GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi.

O‘zida qo‘shimcha quvvatni jam qiladigan klaviatura $250, simsiz quvvat oluvchi klaviatura va maxsus taglik $580 dollar turadi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi foydalanishga qulay bo‘lishi uchun noutbukka qo‘shib, maxsus taglik (podstavka)ni ham 200 dollardan sotuvga chiqargan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!