Diplomsiz ham oylik maoshi 10 million so‘mlik kasbni tezkorlikda o‘rganing!

  •   DiMaX
  •  11054
  •  27.09.2018 12:20

Diplomsiz ham oylik maoshi 10 million so‘mlik kasbni tezkorlikda o‘rganing!

KIRISh

Stiv Jobs, Mark Sukerberg va Bill Geyts singari buyuklar o‘z biznesini yaratish uchun asosiy bilimlarni oliy o‘quv yurtlarida olmaganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Umuman, biror sohada chuqur bilim olish uchun maxsus chuqurlashtirilgan va tezlashtirilgan o‘quv kurslari nisbatan qulayroq va samaraliroq hisoblanadi.

BootCamp bu – chuqur, intensiv ta’lim shakli bo‘lib, bunda asosiy e’tibor aniq bir yo‘nalishga qaratiladi hamda shu yo‘nalishga aloqador bo‘lmagan boshqa qo‘shimcha narsalarga chalg‘imasdan ilm olishga harakat qilinadi. Aynan dasturlash yo‘nalishida BootCamp juda foydali hisoblanadi. BootCamp dasturlashning eng muhim jihatlariga e’tibor qaratib, real loyihalar bilan ishlash uchun dasturlash malakasini tez oshirish imkonini yaratadi. BootCamp ishtirokchilariga real va katta veb-loyihalarda ishtirok etish uchun kerakli bo‘lgan bilimlarni qisqa vaqt ichida to‘liq, batafsil o‘rgatish asosiy maqsad hisoblanadi. Natijada, belgilangan muddat ichida yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi va ular katta loyihalarda ishtirok etish darajasiga olib chiqiladi.

KASB TANLAShNING ZAMONAVIY YO‘LLARI

Yurtimizda ilm olishga, kasb egallashga qiziqadigan yoshlarning ko‘pligi, lekin oliy ta’lim muassalariga kirish tanlovining qiyinligi va joy kamligi, natijada o‘qishga kirolmagan yoshlar boshqa imkoniyat topolmay qolishi holati PDP akademiyasida dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha BootCamp o‘quv dasturini tashkil qilishga turtki bo‘ldi.

Davlat test markazining ma’lumotiga ko‘ra, bu yil 675 049 nafar abituriyent oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan. Umumiy qabul kvotasiga ko‘ra ulardan 87 165 nafari talabalikka qabul qilinadi. Demak, talaba bo‘lish imkoniyati taxminan 7 nafar abituriyentdan bittasiga nasib qiladi. Bu esa, 587 884 nafar abituriyent bu yil talaba bo‘lolmaydi, deganidir.

Shuncha ilmga chanqoq yoshlarning aksariyati tushkunlikka tushib qolishi mumkin. Balki, keyingi yilga tayyorlanishni boshlar, balki ishlab kasb-hunar, tadbirkorlik bilan shug‘ullanar, lekin keyingi qabulga, testgacha oldinda yana 1 yil bor! Shu vaqtdan unumli foydalanish ayni damda eng muhim masaladir.

PDP akademiyasi test sinovlarida omadi kelmagan, lekin ilmga chanqoq, o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ygan, vaqti va pulining qadriga yetadigan yoshlarni dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha tashkil qilingan BootCamp kursimizga taklif etadi.

NEGA BOOTCAMP MUHIM?

Biz texnologiyalar rivojlanib borayotgan davrda yashayapmiz. Vaqt eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Biror mutaxassislikni o‘rganish uchun 4 yil universitetda o‘qish, kontrakt to‘lovini to‘lash talab qilinishi bilan birga, asosiy mutaxassislikka zarur bo‘lmagan fanlarni, mavzularni o‘rganish ham vaqtingizni oladi.

BootCamp asosida sizga aynan mutaxassis sifatida ishlatadigan, kerakli bo‘lgan mavzular o‘rgatiladi. Chunki mehnat jarayonida sizga o‘z yo‘nalishingizda yaxshi mutaxassis sifatidagi faoliyatingiz uchungina pul to‘lashadi. Biz sizlarga taklif qilayotgan ta’lim shaklida qisqa vaqtda to‘liq mutaxassisga aylanasiz. Qolgan vaqtlarda tajribangizni oshirib borasiz. Mutaxassislik egallagandan keyin moliyaviy va mehnat sharoitingizga qarab, xohlagan vaqtingizda oliy ta’lim diplomini olish uchun o‘qishingiz mumkin. Agar oliy ma’lumotingiz bo‘lmasa, dasturlashni o‘rganib olib, keyin oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish – eng optimal yechim bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Vaqt hammamiz uchun juda muhim.

BOOTCAMP QANDAY TAShKIL ETILADI?

Dasturlash yo‘nalishida BootCamp’lar odatda 6 haftadan 2 yilgacha muddatga tashkil qilinadi. Biz sizga taklif qilayotgan ta’limda veb-dasturlash yo‘nalishida to‘liq dasturchi bo‘lish imkoniyati mavjud. Buning uchun Siz avval bir hafta davomida Sizda dasturchi uchun talab qilinadigan harakter va zarur bo‘lgan bilimlar borligi tekshiriladi. Bir haftalik sinov darsidan keyin 40 hafta davomida haftada 5 kun 40 soat davomida chuqur va to‘xtovsiz bilimlar beriladi.

E’tibor bering: aksariyat o‘quv markazlarida mashg‘ulotlar haftasiga 2 yoki 3 kun, bir yarim yoki ikki soatdan o‘qitiladi. Biz taklif etayotgan BootCamp’da esa haftaning besh kuni, har kuni sakkiz soat mobaynida ta’lim beriladi. Zero, o‘rganishning uzluksiz va izchilligi, o‘qish davosida imkon qadar boshqa narsalarga chalg‘imaslik, vaqtdan unumli foydalanish – bular chuqurlashtirilgan va tezlashtirilgan ta’limning asosiy talablaridandir.

NIMALAR TALAB QILINADI?

BootCamp guruhlariga 16 yoshdan yuqori bo‘lgan, kamida o‘rta ma’lumotga ega, kompyuterdan foydalanishni biladigan, ingliz tilidan boshlang‘ich bilimga ega xohlovchilar qabul qilinadi. Talabaning o‘zida shaxsiy noutbuk bo‘lishi talab etiladi.

TEXNOLOGIYaLAR VA TILLAR

Front-end Development: HTML, CSS, Bootstrap, Sass, JavaScript, jQuery, jQuery plugins, Gulp;

Back-end Development: Java Core, Java OOP, Java Advanced, Node JS texnologiyalari;

Database Development: Oracle, PL SQL Developer, PostGreSql, MongoDb;

Spring texnologiyalari: Java JSP, Java Servlet, Java JDBC, Java JSTL, Spring MVC, Spring JPA, Spring Boot, Spring Security, Spring Web Services;

Automation Testing, Project management va boshqa texnologiyalar: Selenium, Junit, TestNG, XPath, Cucumber, Agile, Scrum, Maven, Git;

English: General English, dasturchilar uchun talab etiladigan ingliz tili saboqlari.

WEB FULL STACK DEVELOPMENT REJASI

Davomiyligi: 40 hafta;

Guruh sig‘imi: 15 talaba (bir guruhda);

Guruhlar soni: 2 ta;

Ta’lim tili: o‘zbek tili;

Darslar vaqti: haftada 5 kun (dushanba – juma), 8 soat (08:00 – 16:00), jami – haftasiga 40 soat.

DAM OLISh

BootCamp davomida talabalarning o‘zaro muloqot imkoniyatlarini va jamoa bo‘lib ishlash qobiliyatlarini oshirish, shuningdek, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida maroqli hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida dam olish ham nazarda tutilgan. Jumladan, bouling va futbol singari harakatli o‘yinlar, PlayStation yoki shunga o‘xshash jamoaviy konsol o‘yinlari, shuningdek, birgalikdagi tog‘ sayohati rejalashtirilgan. 

NATIJA

BootCamp mobaynida talaba to‘laqonli dasturchi uchun kerakli bo‘lgan barcha bilimlarni o‘rganadi va keyin mehnat bozorida full-stack web developer lavozimlariga da’vo qilishi mumkin. Bundan tashqari, Front-end developer, Back-end developer, Software developer, Java developer, Software engineer, QA automation tester, QA engineer kabi ish lavozimlarida ham ishlashi mumkin.

O‘quv markazi bitkazuvchilariga BootCamp’ni yakunlaganini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi. Yaxshi o‘zlashtirgan talabalarni o‘z guruhimizga taklif etamiz yoki xususiy sektor, davlat organlariga tavsiya qilamiz.

BOOTCAMP QAYeRDA BO‘LIB O‘TADI?

Serg‘ayrat va bilimli yoshlarga BootCamp’ni taklif etayotgan Personal Development Process dasturlash va chet tillarini o‘rgatish o‘quv kurslari akademiyasi 2017 yilning sentyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida talabalarning ishonchini qozondi. PDP akademiyasi o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yganligi, o‘z sohasining tajribali mutaxassislarini jamlaganligi sababli rivojlanishda davom etmoqda.

PDP akademiyasi o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘ygan:

– yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash;

– davlat va nodavlat tashkilotlar, xususiy tadbirkorlik tashkilotlari uchun dasturchilar tayyorlab berish, ularning malakasini oshirish;

– dasturlash texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirgan mahoratli dasturchilarni tashkilotlarga ishga qabul qilish uchun tavsiya qilish;

– PDP o‘quv kurslarini yaxshi tamomlagan, iste’dodli dasturchilarni PDP akademiyasi dasturchilar jamoasiga taklif qilish va loyihalarda tajribasini oshirish;

– dasturlash texnologiyalari va tillari asosida turli loyihalarni amalga oshirish, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish;

– O‘zbekistonda mustaqil dasturchilar – frilanserlar (freelancer) tarmog‘ining shakllanishiga hissa qo‘shish, dasturchilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish orqali jamoaviy ishlashni rivojlantirish. Xalqaro miqyosda mustaqil ishlovchi dasturchilar – frilanserlar tarmog‘ida ham o‘zbekistonlik dasturchilar juda kamchilikni tashkil qiladi. Vaholanki, yurtimiz yoshlarining aqliy salohiyati yuqori darajada. Agarda frilanserlar tarmog‘ida dasturchilarimiz ko‘pchilikni tashkil qilsa, bu dasturchilarimizga ham, davlatimizga ham katta foyda keltirgan bo‘lar edi;

– ingliz tilini o‘rgatish. Bu tilni mukammal bilgan va xalqaro daraja ishlash salohiyotiga ega bo‘lgan dasturchilarni tayyorlash.

PDP akademiyasida bugungi kunga kelib quyidagi texnologiyalarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan:

– Web Full stack Development;

– Graphic Design;

– Linux Administration;

– English;

– Mobile Development.

PDP akademiyasida darslar qulay va shinam xonalarda interfaol usulda, amaliy mashg‘ulotlar bilan o‘zbek tilida olib boriladi. Hozirgi kunlarda yuzdan ortiq talabalar PDP o‘quv kurslarida dasturlash sirlarini o‘rganishmoqda.

QAYeRGA MUROJAAT ETISh KERAK?

BootCamp’da o‘qishga qiziqqan serg‘ayrat va bilimli yoshlar, shuningdek farzandini dasturchilikka o‘qitishni istovchi ota-onalar Personal Development Process o‘quv markaziga murojaat etishlari mumkin. Uning manzili: Toshkent shahar Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasi, 4-uy. «Grand Trade» biznes markazi.

Mo‘ljal: «Kosmonavtlar» metro bekati, Turkmaniston elchixonasi ro‘parasida.

Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi manbalardan ham bilib olishingiz mumkin:

Sayt: http://pdp.uz/

Telefon: +99897 447 47 41

Telegram: @PdpUzAdmin

Telegram-kanal: @PdpUzAcademy

Elektron pochta: [email protected]

Facebook sahifasi: fb.me/pdp.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.