Diqqat! .UZ domenlarining narxi qariyb ikki baravar oshiriladi

Diqqat! .UZ domenlarining narxi qariyb ikki baravar oshiriladi

“UZ domen hududining ma’muri Uzinfocom” .UZ domen hududida ro‘yxatdan o‘tish narxi o‘zgargani haqida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, joriy yilning 1 mayidan boshlab bir domenning amal qilish muddatini uzaytirish narxi taxminan bir yilga 45 000 so‘mni tashkil etadi. Qalampir.uz shu haqda yozmoqda.

Qayd etilishicha, domenlar 2017 yil 31 martgacha bir domen uchun yiliga eski narx bo‘yicha 1 yildan 10 yilgacha uzaytirilishi mumkin.

1 maydan esa yangi narxlar kuchga kiradi va ushbu shartnomalar asosida kelgan to‘lovlar qaytarib yuboriladi.