Mashhur messenjerda 55 milliondan ortiq akkauntlar ban qilindi

Mashhur messenjerda 55 milliondan ortiq akkauntlar ban qilindi

Taniqli Discord tezkor xabar almashish platformasi har chorakda o'zining xavfsizlik hisobotini e'lon qiladi. 2022-yil yanvar-iyun oylari hisobotida keltirilgan raqamlar esa boshingizni aylantirib yuborishi hech gap emas.

Ma'lum bo'lishicha, Discord joriy yilning birinchi yarim yilligida 55,573,411 akkauntlarni va 68,379 serverlarni (yoxud guruhlarni) ban qilgan. Ta'kidlanishicha bunga asosan spam yoki spam bilan bog'liq huquqbuzarliklar sabab bo'lgan. Spamdan tashqari sodir etilgan huquqbuzarliklar qayd etgan va shu sabab taqiqqa tushgan akkauntlar soni esa 1,821,721 tani tashkil qiladi. Bunday huquqbuzarliklar keng toifalarga bo'linadi, lekin ularning aksariyati bolalar xavfsizligi, ekspluatatsiya va keraksiz kontent bilan bog'liq.

Ta'kidlash joizki, Discord gamerlar o'rtasida orasida juda mashhur bo'lgan messenjer bo'lib, u bugungi kunda 150 milliondan ortiq faol foydalanuvchilarga ega.

O'QING: Yangi Call of Duty: Modern Warfare II o'yining disklari deyarli bo'm-bo'sh chiqyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.