Displey skaneriga ega ilk smartfon sotuvga chiqarildi

Displey skaneriga ega ilk smartfon sotuvga chiqarildi

24 yanvarda Xitoyning Vivo kompaniyasi jahondagi ilk virtual ekran skaneriga ega smartfonni taqdim qilgan edi. Vivo X20 Plus UD devaysi barmoq izi sensori displey ostida joylashgani bilan o‘ziga xos. Bu xavfsizlik moduli smartfonni barmoq qo‘yilganidan so‘ng 0,6-0,7 sekund ichida blokirovkadan chiqaradi.

Vivo X20 Plus UD devaysining OLED ekrani 6.43 dyuymli, pikselli 2160x1080 belgiga teng.

8 yadroli Snapdragon 660 protsessori 2.2 Ggs chastota tezligiga, 4 gigabaytli operativ xotira hamda 128 Gb sig‘imli doimiy xotiraga ega bo‘lgan. Ovoz sifati uchun ESS Sabre ES9318 audiochipi mas’ul bo‘lgan. Shuningdek, X12 LTE modemi smartfonga sekundiga 600 Mbit hajmidagi ma’lumotni uzatish imkonini beradi. "Aqlli telefon" qadoqdayoq Android Nougat 7.1.2 operatsion tizimiga ega bo‘lgan.

Vivo X20 Plus UD devaysining akkumulyator sig‘imi 3 905 mA soat. Bosh kamera qo‘sh: 12 megapikselli bosh modul aperturasi f/1,8 va qo‘shimcha 5 Mp aniqlikdagi kamera moduli mavjud. Old kamera 12 megapikselli va f/2,0 diafragmaga ega bo‘lgan.

Smartfon 1 fevralda, Xitoyda 565 dollardan sotuvga chiqdi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!