Donald Trampning smartfonida bittagina ilova bor

Donald Trampning smartfonida bittagina ilova bor

2016 yilda o‘tkazilgan saylovlar chog‘ida hamda prezidentlikning ilk kunlarida AQSh rahbari Donald Tramp Android smartfonidan tvitlar yozib turgan. The New York Times nashrining yozishicha, AQSh prezidenti o‘shanda Galaxy S3 smartfonidan foydalangan. Bu smartfondagi xavfsizlik tizimi 2015 yildan buyon yangilanmagan bo‘lgan.

Ammo, Oq uy xavfsizlik xizmati talablariga ko‘ra, joriy yilning bahoridan Donald Tramp qadrdon Android qurilmasi bilan xayrlashib, Apple iPhone tuta boshlaydi. AQSh hukumati rasmiylariga ko‘ra, iPhone har qanday Android qurilmasiga qaraganda xavfsizroq.

AQSh prezidenti Donald Trampning iPhone rusumli smartfonida birgina ilova bor, ya’ni Twitter. AQSh yetakchisi smartfonning tub funksiyalaridan tashqari, boshqa amallarni bajarish va ilovalardan foydalanishdan mahrum qilingan. Bu to‘g‘rida Amerikada mashhur bo‘lgan Axios onlayn axborot va ma’lumotlar nashri ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, Trampning yordamchilari uni imkon qadar smartfon ekranidan uzog‘roq tutib, tahrir qilinmagan tvitlar yuborishdan chalg‘itib turishadi.

Shunday bo‘lsa ham, bugun — 30 may kuni soat 15:09 da janob Tramp Twitter’dagi sahifasida ‘Covfefe’ degan sirli so‘zni yozib, qovun tushirib qo‘ygani jamoatchilikning kulgisiga sabab bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti “coverage” so‘zini adashib shu tarzda yozib, nashr qilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.