Doogee Mix Lite: AliExpress'dagi eng arzon "romsiz"

Doogee Mix Lite: AliExpress'dagi eng arzon

Xiaomi'ning Mix va Mix 2 romsiz smartfonlaridan ilhom olgan Xitoyning Doogee kompaniyasi yaqinda Mix Lite mobil gadjetini taqdim qildi. Bu ishlab chiqaruvchining uchinchi romsiz flagmani.

Doogee Mix Lite dizayn borasida zamonaviy tendensiyada bo‘lsa ham, texnik jihatdan o‘rta imkoniyatli. Uning Super AMOLED matritsali, 5.2 dyuymli ekrani HD sig‘imli. Biroq, displey Gorilla Glass 5 so‘nggi avlod himoya shishasi hamda 2.5D shaklidagi bezak shishasi bilan qoplangani taassurotli.

Platforma 64 bitli, 4 yadroli MT6737 protsessori va 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan. micro SD bo‘lmachasi ham mavjud.

Doogee Mix Lite'ning Sensorlari qo‘sh bo‘lgan bosh kamerada 13 megapikselli 2 ta modul o‘rnatilgan. Uning yordamida orqa foni g‘ira-shira suratlar olish, sifatni yo‘qotmasdan turib ob’yektni 8 karra yaqinlashtirish mumkin.

Old kamera esa 8 megapikselli va 90 gradus burchak ostida suratga oladi. Old kamera quyida joylashgani bois, surat olganda ekranni aylantirish kerak bo‘ladi.

Doogee Mix Lite Android 7.0 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Unda barmoq izlari skaneri hamda tok sig‘imi 3,080 mA soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan.

2 ta sim-kartali Doogee Mix Lite aloqaning WiFi, Bluetooth 4.0, OTG, A GPS, 3G, LTE, GPS, GLONASS, BDS tarmoqlarida ishlaydi.

O‘lchamlari: 138 x 73.2 x 8.6 mm. vazni: 160 gramm.

AliExpress savdo platformasida Doogee Mix Lite 109.99 AQSh dollaridan yetkazib berilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!