Doogee: T5 modelining sinovi aks etgan video (Video)

Doogee: T5 modelining sinovi aks etgan video (Video)

Xitoyning Doogee kompaniyasi T5 nomli himoyalangan smartfonni sotuvga chiqarish arafasida. Smartfon suv va changga chidamli bo‘lib, IP67 standartidagi korpus bilan himoyalangan. Smartfon 5 dyuymli IPS matritsadagi HD displey, MediaTek MT6753 protsessori, 3 GB tezkor 32 GB doimiy xotira, 13/5MP kamera va 4500 mA/soatli akkumulyatorga ega bo‘lib, Android Marshmallow dasturida ishlaydi. Yangi promo videoda xitoylik kompaniya T5 modelini zavodda sinovdan o‘tkazish jarayoni aks etgan. Sinovda telefonning suvga, balandlikka, past haroratga (-40 gradus Selsiy) va bukilishga qarshi xususiyatlari tekshirilgan. Telefonning dizayni chindan ham diqqatga sazovor. Ayni vaqtda ushbu smartfonga buyurtma berish jarayoni boshlangan. Doogee T5’ning narxi 209 AQSh dollari (20 dollarlik kupon bilan birga) etib belgilangan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!