Dunyoda ishlatilayotgan smartfonlar soni 4 milliarddan oshdi

Dunyoda ishlatilayotgan smartfonlar soni 4 milliarddan oshdi

Gagadget nashrining IHS Markit tahlili agentligiga tayanib ma’lumot berishicha, 2016 yilning dekabr oyida jahon bo‘ylab foydalanishda bo‘lgan smartfonlar soni 4 milliard donadan ortib ketdi.

IHS Markit mutaxassislarining yozishicha, 2020 yilga borib ishlatilayotgan smartfonlarning miqdori 6 mlrd donaga yetadi, ularni sotishdan olingan daromad esa 355 mlrd dollardan iborat bo‘lishi mumkin. O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, shaxsiy gadjetlar jahon elektronika bozorining 60 foizini tashkil etgan. 2008 yilda ushbu ko‘rsatkich 17 foizni qayd etgan edi.

Jumladan, mobil ilovalar bozorini ham shiddat bilan rivolanib bormoqda. 2016 yilda ushbu sohadan olingan daromad 54 mlrd dollarga teng bo‘lgan. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 74 mlrd dollarga yetadi va pirovardida yanada jadal sur’atlar bilan o‘sishda davom etadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!