Dunyodagi mashhur brendlarning ma’nosini hamda ularning kelib chiqish tarixini bilasizmi?

Dunyodagi mashhur brendlarning ma’nosini hamda ularning kelib chiqish tarixini bilasizmi?

Bugungi maqolamizda Google, Yandex, Adobe, ABBYY, Apple, LG, Nokia kabi mashhur kompaniya brendlarining ma’nosi hamda ularning kelib chiqish tarixi haqida so‘z yuritamiz.

Google

Bu so‘z kompaniyaning birinchi sarmoyadori chek qog‘ozida yozilgan va o‘z-o‘zidan shu nom kelib chiqqan. Aslida ingliz tilida yuzta noldan iborat raqam gugol deb ataladi. Kompaniya egalari gugol so‘zini eng yaxshi nom deb bilishgan. Ammo ro‘yhatdan o‘tayotgan vaqtda xatoga yo‘l qo‘yilib, “Gugl” (Google) deb yozishadi. Shundan beri, “gugol” o‘rniga “gugl” so‘zi qo‘llanib kelinadi.

Google.Foto-iLike.uz_

Yandex

Yandex izlash tizimi 1997-yil 23-sentabrda rasman tasdiqlangan bo‘lib, «Yandeks» nomi «Yet another indexer» («yana bir indeksator») yoki «Tilga oid iNDEX» iboralarining qisqartmasidir.

office-yandex

Adobe

Mazkur nom Adobe Systems kompaniyasining asoschisi Jon Vornok uyi yaqinidagi Edobi (Adobe Creek) soyidan vujudga kelgan.

04.01

ABBYY

ABBYY (o‘qilishi «Abi») kompaniyasiga 1989-yili Devid Yan tomonidan asos solingan bo‘lib, ABBYY so‘zi «tiniq (yorqin) ko‘z» degan ma’noni anglatadi. ABBYY 1997-yilga qadar «BIT Software» nomi bilan atab kelingan.

ABBYY_logo

Apple

Stiv Jobs qo‘li ostidagi kompaniyaga uzoq muddatgacha munosib nom topilmadi. Bir kuni janob Stiv Agar kompaniyaga munosib nom topilmasa, uni Apple (“olma”) deb nomlashini aytdi (ayni o‘sha paytda u olma iste’mol qilayotgan edi). Barcha hodimlar buni hazil deb o‘ylashdi. Ish kunining so‘ngida esa Stiv Jobs qarori qat’iy ekanligini isbotladi. Keyinchalik kompaniya logotipiga ham aynan Stivning tishlangan olmasi tasviri qo‘yildi.

apple

LG

Yeng mashhur kompaniyaning noodatiy nomlanishi ikki mahalliy brend — “Lucky” (Omadli) va “GoldStar” (Oltin Yulduz) larning bosh harfidan olingan.

lg

Nokia

Kompaniya o‘z ishini daraxtni qayta ishlashdan boshlab, keyinchalik Finlyandiyaning Nokia shahrida rezina ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shundan so‘ng, jarangdor Nokia nomi maydonga chiqdi.

nokia

Manba: Soft.zn.uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!