DxOMark Meizu Pro 7 Plus kamerasini imtihon qildi

DxOMark Meizu Pro 7 Plus kamerasini imtihon qildi

Meizu, nihoyat yaxshi kamerafon ilinjida bo‘lgan muxlislarini xursand qilgan ko‘rinadi. Yangi Meizu Pro 7 modelidagi kamera DxOMark imtihonidan o‘tkazildi. Meizu kompaniyasi boshqa ishlab chiqaruvchilar kabi, kamera texnologiyasiga alohida e’tibor qaratgan.

Flagman bosh kamerasida 12 Mp aniqligidagi 2 ta Sony IMX386 moduli o‘rnatilgan. Ulardan biri rangli, boshqasi oq-qora ko‘rinishda tasvirga oladi. Piksel o‘lchami 1,25 mkm, diafragma esa f/2.0. Kamera avtofokus va 2 tusli fotochaqnoqqa ega bo‘lgan. DxOMark'ning e’lon qilishicha, test jarayonida 1500 dona rasm, 2 soatlik video suratga olingan.

Fotografiya va video olishda kameraning ijobiy xususiyatlari:

Oq tusning to‘g‘ri berilishi;
video tasvirga olayotgan yorug‘lik miqdori o‘zgarganida oq tusni to‘g‘ri berilishi yoki sharoitga to‘g‘ri moslashishi;
yorug‘lik past sharoitda ham "shovqinni" samarali kamaytirish imkoniyati;
yorug‘lik yuqori sharoitda ham rang-tusni aniq-ravshan berishi;
fotochaqnoqning ishlashi;
yorug‘lik yaxshi sharoitda kameraning videotasvirga yoqimli rang-tus berishi.

Kamera bilan bog‘liq quyidagi kamchiliklar ham aytilgan:

Tasvirlar ba’zi joylarda buzilgan;
dinamik diapazon cheklangan;
ba’zida suratlar o‘rtasidagi rang-tus qarama-qarshiligi yetarli emas;
yorug‘lik past sharoitda suratlar xira;
video tasvirga olayotgan qayta-qayti fokuslash va fokusni yo‘qotib qo‘yishi.

Meizu Pro 7 Plus imkoniyatlari DxOMark mutaxassislari tomonidan 71 ballga munosib ko‘rilgan. Ya’ni, bu borada u 85 ball to‘plagan "ajdodi" Meizu Pro 6s'dan ham pastroq ball to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, Meizu Pro 7 Plus 5.7" dyuymli, QHD (2560x1440 pikselli) ekranga ega bo‘lgan. Orqa paneldagi qo‘sh ob’yektivli bosh kamera, 1.9 dyuym (240x536 piksel)li rangni qo‘shimcha AMOLED ekran diqqatni tortadi.

Meizu Pro 7 Plus esa 64 bit va 10 yadroli, chastota tezligi 2.5 GGs.gacha bo‘lgan Mediatek Helio X30 protsessori, IMG PowerVR 7XTP-MT4 (800 MGs) video-kartasi bilan ta’minlangan. Uning 3500 mA soat sig‘imli akkumulyatori tezkor quvvat olish imkoniga ega. Pro 7 Plus 530 AQSh dollaridan boshlab sotuvga chiqarilgan. Bu smartfon yurtimizda 550 AQSh dollaridan sotilmoqda.

O‘qing: Meizu Pro 7 taqdim qilindi: 2 ta rangli ekranga ega ilk smartfon