DxOMark reytingida ilk kamerafon "100"dan 94 ball oldi

DxOMark reytingida ilk kamerafon

Shu kunlarda DxOMark fotokameralar sifatini baholaydigan xizmat reytingi ham smartfon sanoatidagi muhim ko‘rsatkichlardan biriga aylandi. Fransiyaning DXO Labs kompaniyasi fotosuratlarni qayta ishlaydigan professional dasturiy ta’minot vositalari bilan nom qozongan. DxOMark saytida esa yangi kamera va kamerafonlarning suratga olish imkoniyatlari muntazam e’lon qilinadi.

Ularning keyingi "ob’yekti" koreyalik IT-giganti bo‘lmish Samsung'ning Galaxy Note 8 flagmani.

Tadqiqot va o‘rganishlar natijasida Galaxy Note 8 fableti rekord natija qayd – 94 ball to‘plab, jahonning eng yaxshi kamerafoniga aylandi. Ekspertlarning fikricha, fabletdagi qo‘sh sensorli bosh fotomodul yorug‘lik past sharoitda ham yaxshi suratga oladi.

Mutaxassislarning qayd etishlariga ko‘ra, Galaxy Note 8 nafaqat yaxshi optik, balki eng yaxshi raqamli yaqinlashtirish funksiyasiga ham ega bo‘lgan.

Galaxy Note 8 kompaniyaning ilk qo‘sh sensorlari bosh kameraga ega bo‘lgan smartfoni. Unga 2 ta 12 megapikselli -- keng burchak ostida suratga oluvchi hamda telefoto sensorlari o‘rnatilgan. kamerada 3 karralik yaqinlashtirish, orqa fonni g‘ira-shira qilib tasvirga olish texnologiyalari joriy qilingan.

f/1.7 hajmli yorug‘lik linzalariga ega sensorlar, shuningdek Dual Pixel, optik barqarorlashtirish texnologiyalari bilan ham ta’minlangan. Ularning har biri alohida surat olishi ham mumkin.
Galaxy Note 8 kamerasining yana bir ahamiyatli jihati bor -- undagi bosh kameradan o‘rin olgan har ikkala sensor ham suratni optik barqarorlashtirish tizimiga ega bo‘lgan. Quyida bu kamerafonda olingan suratlarga e’tibor qiling.

Aytish joizki, DxOMark yaqindagina reytingni yangilagan edi. Unga ko‘ra, iPhone 8 Plus 94 ball bilan peshqadamlik qilayotgan edi. iPhone 8 Plus bosh kamerasiga 2 ta 12 megapikselli sensor o‘rnatilgan. Ulardan biri 1.8, boshqasi 2.8 hajmli yorug‘lik linzasiga ega bo‘lgan. Undagi avtofokuslash, rang-tus berish va barqarorlashtirish funksiyalari takomillashgan. Har ikkala sensor optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Quyida bu kamerafonda olingan suratlarga e’tibor qiling.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!