Dyson V8 – simsiz va shovqinsiz changyutgich

Dyson V8 – simsiz va shovqinsiz changyutgich

Dyson firmasining Dyson V8 nomli yangi simsiz changyutgichi futuristik dizayn va qulay ergonomik xususiyatlarga ega. Shuning uchun undan nafaqat pollarni tozalashda, balki boshqa notekis yuzalarni saranjom-sarishta qilishda ham  foydalansa bo‘ladi.

485377

Changyutgichni bir marta to‘liq zaryadlab, uni 40 daqiqa davomida ishlatish mumkin. Gadjet 5 yillik faol foydalanishga mo‘ljallangan. Akkumulyatorni 700 martagacha qayta zaryadlash mumkin. Changyutgich konteynerini chiqindilardan tozalash paytida siklon tizimi yuqoriga ko‘tariladi, silikon gardish esa undagi barcha chang va qoldiqlarni yaxshilab bartaraf etadi.

485378

Modelga quvvati 425 Vt bo‘lgan raqamli dvigatel o‘rnatilgan. U avvalgi Dyson changyutgichidagi motordan 75 Vt ortiqroq quvvatga ega, biroq shovqin darajasi 50 foizga kamroq.

Dyson V8 changyutgichining og‘irligi – 2,6 kg. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya qilingan narxi 750 dollar atrofida.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!