E-Ink displey bilan jihozlangan ryukzak namoyish etildi

E-Ink displey bilan jihozlangan ryukzak namoyish etildi

Bu galgi CES 2017 ko‘rgazmasi chindan ham noodatiy gadjetlarga boy bo‘ldi. Masalan, Kaliforniyaning (AQSh) POP-I kompaniyasi tomonidan tayyorlangan o‘ziga xos ryukzak ko‘pchilik mehmonlarning diqqatini tortdi. Tashqi ko‘rinishidan ryuklak alohida farqqa ega emas, yagona ajradib turadigan jihati – unga o‘rnatilgan E-Ink displeydir.  Mazkur ekran foydalanuvchi istagan har qanday tasvirni ko‘rsatishi mumkin.

Ryukzakdagi ekranga tasvirlar maxsus mobil ilova orqali smartfondan yuboriladi. Qurilmalar o‘zaro Bluetooth texnologiyasi yordamida bog‘lanadi. Ryukzakka o‘rnatilgan displey elastik, zarbalarga chidamli, shuning uchun u ryukzak uchun to‘liq mos hisoblanadi.

Ryukzaklar 10 va 4,7 dyuymli ekranlar bilan sotuvga chiqariladi. Displey bitta zaryadda 30 kungacha ishlashi mumkin. POP-I ryukzakning narxi hozircha aniq emas.

Manba: 4PDA

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!