EA: Need For Speed’ning yangi versiyasi tayyorlanmoqda

EA: Need For Speed’ning yangi versiyasi tayyorlanmoqda

Need For Speed o‘yinining navbatdagi versiyasi 2018 yilning mart oyigacha taqdim etilishi haqida Electronics Arts kompaniyasi investorlarni ogohlantirdi, deb yozmoqda 3D News.

Electronics Arts bosh direktori Endryu Uilsonning qayd etishicha, yangi  Need For Speed ko‘p foydalanuvchilar tomonidan o‘ynalishi mumkin bo‘lgan poyga elementlariga kuchliroq urg‘u beriladi.

Yangi o‘yinning hozirda Electronic Arts — EA Spearhead koreys studiyasi yaratayotgan Need for Speed: Edge versiyasiga hech qanday aloqasi yo‘q. Need for Speed: Edge bepul onlayn rejimidagi o‘yin bo‘lib, Need for Spyeed Rivals komponentlari asosida tayyorlanmoqda.

2015 yilda chiqarilgan Need For Speed versiyasi garchi yaxshi tyuning, har xil formatdagi avtomobillar va chiroyli grafikaga ega bo‘lsa-da, sun’iy intellekt va multipleyer rejimi borasida oqsar edi. Shu bois kompaniya mazkur kamchiliklarni bartaraf etishi uchun yangi versiyaning ustida jiddiy ishlashiga to‘g‘ri keladi.

Need For Speed’ning keyingi qismi mashhur seriyadagi 23 o‘yin bo‘lishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!