Earebel kompaniyasi musiqali bosh kiyimlarni sotuvga chiqardi

Earebel kompaniyasi musiqali bosh kiyimlarni sotuvga chiqardi

“Musiqali bosh kiyim” so‘zini eshitib hayron bo‘lmang. Gap shundaki, Earebel sozlangan naushniklarga ega shapkalarni sotuvga chiqardi. Hi-Tech.Mail.Ru nashrining yozishicha, bosh kiyimlarga Harman AKG garnituralari o‘rnatilgan.

Musiqali shapkalar kolleksiyasiga 50 tadan ortiq model kiritilgan. Ular Handmade, Sport va Lifestyle turkumlariga ajratilgan. Naushniklarni shapkalarni yuvish paytida yechib qo‘yish mumkin.

Sport va Lifestyle turkumidagi shapkalar Germaniyaning Bavariya hududida ishlab chiqariladi. Handmade turkumidagi bosh kiyimlar esa qo‘lda to‘qiladi. Naushnilardagi universal tugma yordamida tovushni balandligini o‘zgartirish, pleylistni aylantirish va qo‘ng‘iroqlarga javob berish mumkin.

Naushniklar Android va iOS platformasidagi smartfonlarga Bluetooth orqali bog‘lanadi. Bosh kiyimlarning narxi ma’lum qilinmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!