Egizaklar iPhone X'ni blokirovkadan chiqarishga urinishdi (video)

Egizaklar iPhone X'ni blokirovkadan chiqarishga urinishdi (video)

Business Insider nashri jurnalistlari Face ID funksiyasining inson qiyofasini qanchalar aniq taniy olishini sinovdan o‘tkazishga qaror qilishdi.

Greg va Brayan Fiberlar bir qaraganda bir-birlariga quyib qo‘yganday o‘xshashadi. Face ID funksiyasida aynan ularning bu o‘xshashligi qo‘l keladi. Avvaliga Greg flagmanda o‘z qiyofasini 3 o‘lchamda skanerlab, tasdiqlatib oldi. So‘ng ko‘zoynak taqib, bosh kiyimi kiyib va sharf o‘ragan holatda qiyofa skanerini sinab ko‘rdi. iPhone X bu vazifalarni bir zumda amalga oshirdi va har qanday ko‘rinishda Gregni taniy oldi.

Shundan keyin Greg smartfonni egizagi Brayanga berdi. Egizak qiyofaga ega foydalanuvchi har qancha urinmasin iPhone X uni Greg deb tan olmadi.

Videoni o‘zingiz tomosha qiling: 

 "Men hayratdaman. Bizni hali biror inson bu qadar tez farqlashni uddalay olmagan. Hatto oilamizning ba’zi a’zolari ham bizni ba’zida farqlay olmaydilar. Endi Brayan mening ayfonimni blokirovkadan chiqara olmasligiga ishonch hosil qildim. Bu kutilmagan yangilik bo‘ldi", deydi Greg.

Bu texnologiya qanday ishlaydi?

iPhone X'da Apple kompaniyasi kuchli bir innovatsiyani joriy qilgan — TrueDepth texnologiyasi. TrueDepth — 7 megapikselli old kamera, infra-qizil kamera, belgilarni qayd etuvchi proyektor hamda infra-qizil nur tarqatuvchi qurilmalar birikmasidan iborat innovatsion kamera va skanerlash tizimidir.

Misol uchun, belgilarni qayd etuvchi proyektor foydalanuvchi yuzdagi 30 mingdan ziyod belgi, nuqta yoki dog‘ni aniqlaydi va shunga ko‘ra qiyofaning xaritasini chizadi. iPhone X foydalanuvchisi tizimga kirishi chog‘ida ayfondagi TrueDepth tizimi qiyofani aynan shu xarita bilan solishtirib ko‘radi.

O‘qingiPhone 8: raqiblarda yo‘q inqilobiy funksiya ma’lum bo‘ldi

Infra-qizil nurli kamera esa yuzning nuqtali tarkibini shakllantiradi va olingan ma’lumotlar asosida yuzning nuqtali ko‘rinishini infra-qizil spektrda, ya’ni "virtual to‘r" shaklida tayyorlaydi. Bu surat esa A11 Bionic protsessoriga o‘rnatilgan Secure Enclave nomli maxsus modulga yuboriladi. Secure Enclave modulida esa foydalanuvchining qiyofasi avval saqlab qo‘yilgan xarita bilan solishtiriladi.

Aytish kerakki, bu yerda taqqoslash o‘ta murakkab jarayondan iborat. A11 Bionic mikroprotsessorining neyron yadrosidagi bir qismi yuzning infra-qizil surati va yuz xaritasining matematik gavdalantirilgan shaklini qaytadan chizadi. Shundan so‘ng bu suratlarda olingan natija yuzning avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan talqini bilan solishtirib ko‘riladi.

O‘qingEgasi uyqudaligida iPhone X'ni blokirovkadan chiqarsa bo‘ladimi?

Infra-qizil nur tarqatuvchi qurilma esa kameraga iPhone X foydalanuvchisining yuzini har qanday sharoitda, jumladan tungi sharoitda ham tanish imkoniyatini yaratadi. Bu qurilma yuzga yo‘naltirgan infra-qizil nur oqimi yuzga urilib, kameraga uni his qilishga yordam beradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!