YeI kompaniyalarni shifrlangan axborotni hukumatga “ochiq holda” taqdim qilishga chaqirmoqda

YeI kompaniyalarni shifrlangan axborotni hukumatga “ochiq holda” taqdim qilishga chaqirmoqda

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hukumatlari axborot texnologiyalari kompaniyalarini ma’lumotlarni shifrlashni yengillashtirishga chaqirmoqda. Shuningdek, ba’zi davlatlarda kompaniyalarning turli dastur va elektron mahsulotlar yaratishda foydalanilgan, shifrlangan ma’lumotlarni “ochiq holda” hukumatga taqdim etish majburiy qilinishi mumkin.

Rasshifrovka qilingan ma’lumotlarni taqdim etishdan bo‘yin tortgan kompaniya rahbarlariga besh yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Yirik kompaniyalarning bildirishicha, shifrlash yengillashtirilgudek bo‘lsa, kiberhujumlar ortib, shaxsiy ma’lumotlar yo‘qolishi holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bu masala qizg‘in bahs-munozalarga sabab bo‘lgan AQSh Federal qidiruv byurosi hamda Apple kompaniyasi o‘rtasidagi ziddiyatlardan so‘ng kelib chiqqan. Apple o‘zining mijozi bo‘lgan jinoyatchiga tegishli bo‘lgan iPhone blokirovkasini buzishni talab etgan Federal qidiruv byurosiga mijozining shaxsiy hayoti daxlsizligini aytib, rad javobini bergan.

Yirik kompaniyalarning (Apple, Google i Facebook) bildirishicha, shifrlash yengillashtirilgudek bo‘lsa, kiberhujumlar ortib, shaxsiy ma’lumotlar yo‘qolishi holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, o‘g‘irlangan ma’lumotlardan do‘stona munosabatda bo‘lmagan xorijiy davlatlar maxsus xizmatlari foydalanishi ham mumkin.

So‘nggi paytlarda amalga oshirilgan terroristik harakatlardan so‘ng aksariyat yevropaliklar huquq-tartibot organlariga shaxsga oid ma’lumotlarni olish yuzasidan kengroq vakolatlar berish tarafdoridir. Bunday fikrga qarshilar esa shaxsiy ma’lumotlar himoyasini fikr erkinligi bilan tenglashtirmoqdalar.

Buyuk Britaniyada “Tergov vakolatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish yakuniga yetmoqda. Fransuz siyosatchilari ham “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish borasidagi takliflarni muhokama qilishmoqda. Niderlandiya esa shifrlashda bekdorlarni o‘rnatishga qarshi chiqmoqda.

Manbaa: www. infosec.uz