Ekrandagi videoni GIF formatida saqlaymiz

  •   DiMaX
  •  2883
  •  28.12.2017 18:20

Ekrandagi videoni GIF formatida saqlaymiz

Hozirgi kunda GIF-suratlar – qisqa animatsiyali tasvirlar internetda, turli messenjerlarda va ijtimoiy tarmoqlarda keng qo‘llanadi. GIF bu – harakatni oddiy formatda ko‘rsatishning oddiy usulidir: ular o‘z-o‘zidan ijro etila boshlaydi va tovushi bilan chalg‘itmaydi.

O‘QING: Endi Facebook kamerasida o‘zingiz GIF yasay olasiz!

Ko‘pincha kompyuterdagi biror dastur interfeysining qanday ishlashini namoyish etish uchun, yoki bo‘lmasa murakkab dasturlarni o‘rganish yo‘riqnomalarida ham GIF-suratlar qo‘llanadi. Aksiga olib, Windows tizimining o‘zida bunaqa animatsion suratlar yozib olish uchun standart vosita yo‘q. Shu bois dastlab hamma narsani video formatida yozib olish, keyin esa uni konvertatsiya qilish kerak bo‘ladi. Bularning barchasini esa bittagina ScreenToGif dasturi yordamida amalga oshirish mumkin.

ScreenToGif dasturidagi yozish interfeysi juda sodda. Ekrandagi video tarzida yozib olinadigan hudud o‘lchamini piksellarda ko‘rsatish va videoning kadrlar chastotasini belgilash mumkin. Qo‘shimcha menyuda esa sichqoncha kursorining, u yordamida chertishlarning aks ettirilishini sozlash imkoni mavjud. Shuningdek, «qaynoq klavishlar» va boshqa imkoniyatlar ham taqdim etilgan. Nafaqat ishchi ekrandan, balki veb-kameradan ham yozib olish, shuningdek, biror chizmani chizib ko‘rsatish uchun virtual taxtachadan foydalanish ham mumkin.

Yozib olinishi bilanoq tasvir darrov ScreenToGif dasturining ichki tahrirchisiga o‘tadi. Uni aylantirish, o‘lchamini o‘zgartirish, ortiqcha kadrlarini kesib tashlash, ustiga chizish va matn qo‘shish mumkin. Shuningdek, animatsiyani keyinchalik tahrirlanadigan loyiha sifatida saqlab qo‘yish imkoni ham bor. Uni video formatida yoki har bir kadrini alohida rasm sifatida saqlay olasiz.

ScreenToGif dasturi bepul taqdim etiladi va interfeysida sizu bizga tushunarli rus tili ham mavjud. Uning o‘rnatiluvchi faylini yoki ishga tushirishga tayyor versiyasini mana bu havola orqali ko‘chirib olish mumkin. Tayyor versiyasini kompyuterga o‘rnatmasdan, fleshkaga yozib olib, bevosita undan ishga tushirish imkoni ham bor.

O‘QING: Telegram’da rasmga niqob qo‘shish va GIF-animatsiyalar yaratish mumkin bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!