Ekranining o‘zi barmoq izi skaneriga aylantirilgan ilk smartfon ma’lum bo‘ldi va u Samsung mahsuloti emas...

  •   DiMaX
  •  1967
  •  16.12.2017 12:18

Ekranining o‘zi barmoq izi skaneriga aylantirilgan ilk smartfon ma’lum bo‘ldi va u Samsung mahsuloti emas...

Yaqindagina Amerikaning Synaptics kompaniyasi displeyning o‘ziga o‘rnatilgan daktiloskopik skanerni ommaviy ishlab chiqara boshlaganini ma’lum qilgan edi. Synaptics mazkur texnologiya joriy qilingan va iste’molchilar bozori uchun ommaviy taqdim etiladigan birinchi smartfon 9–12 yanvar kunlari Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan CES 2018 ko‘rgazmasida namoyish etilishini ham aytgan. Biroq qaysi smartfonsoz o‘zining yangi qurilmasiga bu texnologiyani tatbiq etishi masalasi ochiq qolgan.

O‘QING: Barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga joylangan ilk smartfon taqdimotiga atigi bir oy qoldi!

Butun dunyo bo‘ylab ko‘pchilik foydalanuvchilar mazkur ushbu inqilobiy smartfon Samsung mahsuloti bo‘lishini taxmin qilishgan edi. Ammo, Phone Arena nashrining xabar berishicha, janubiy koreyalik texnogigant ishqibozlarining hafsalasi pir bo‘ladigan bo‘ldi. Chunki displeydagi daktiloskopik skaner texnologiyasi tatbiq etilgan ilk smartfon Xitoyning Vivo kompaniyasiga tegishli ekan.

Xabarga ko‘ra, mazkur ma’lumotni Forbes xodimi Patrik Morxed tarqatgan. Uning o‘zi smartfonsozning ishlab chiqarish tizimiga tashrif buyurgan va tayyor smartfonni o‘zi ishlatib ko‘rgan. Aytishicha, CMOS-sensor ekrandagi odatiy bitta nuqtada emas, balki displeyning butun yuzasida amal qiladi. Morxed uning ishlashini sinab ko‘rgan va ko‘ngli to‘lgan – skaner u o‘ylaganidan ko‘ra tezroq ishlar ekan.

O‘QING: Apple va Samsung uddalay olmagan texnologiyani Vivo amalga oshirdi

Synaptics kompaniyasi ishlab chiqqan ushbu sensor – Clear ID FS9500 rusumli datchik displey ostiga o‘rnatiladi. Uning ishlashi uchun yorug‘lik talab etiladi – sensor barmoq izining aksini tanib oladi. Mazkur datchik tomonlarining o‘zaro nisbati 18:9 hamda 20:9 bo‘lgan ekranlarga mos keladi.

Vivo smartfonining Clear ID FS9500 orqali blokdan chiqishiga 0,7 vaqt sarflanadi. Bu odatiy daktiloskopik skanerlarning barmoq izini tanish muddatidan 0,2 soniyaga kech. Ammo foydalanuvchini u yuzni tanish texnologiyasidan ko‘ra 1,4 soniyaga tezroq aniqlaydi.

O‘QING: O‘n yashar bola iPhone X himoyasini buza oldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!