Eksklyuziv: hali taqdim etilmagan OnePlus 5T videotavsifi!

  •   DiMaX
  •  1103
  •  14.11.2017 11:49

Eksklyuziv: hali taqdim etilmagan OnePlus 5T videotavsifi!

OnePlus kompaniyasi o‘zining yangi flagmanini ikki kundan so‘ng – 16 noyabrda taqdim etadi. Bu – hozirda eng kutilayotgan smartfonlardan biridir, ammo mazkur kutish zavqini bir videobloger chippakka chiqardi, deb yozadi AndroidInsider nashri.

Gap shundaki, videobloger allaqachon mazkur modeldan bittasini qo‘lga kiritib, uning besh daqiqalik videotavsifini tayyorlagan! Xabarga ko‘ra, muallif ushbu videorolikni YouTube’ga joylagan. Ammo, rasmiy taqdimotdan avval e’lon qilingan materialga embargo sifatida, ikki soatdan so‘ng sayt ma’muriyati bu lavhani o‘chirib tashlagan.

O‘QING: Taqdimotidan avval OnePlus 5T’ni sotuvga qo‘ygan sotuvchi uning sirlarini ham «sotib qo‘ydi»

Keyin esa baribir, mazkur videolavhani ko‘chirib olgan boshqa foydalanuvchilar uni o‘z kanallariga va boshqa platformalarga chiqarishgan. Mana, o‘zingiz tomosha qiling:

Bir necha daqiqalik ushbu videotavsifda muallif hali taqdim etilmagan 5T modelini kompaniyaning amaldagi flagmani bilan taqqoslaydi. O‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, bu ikki qurilmaning orasidagi asosiy farq ularning dizayniga tegishlidir. Yangi smartfon old paneldagi tugmachadan mahrum etilgan, uning barmoq izi skaneri esa orqa panelga o‘tkazilgan.

O‘QING: OnePlus 5T’ning asosiy «fishka»sini Samsung yetkazib beradi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!