EKSKLYuZIV VIDEO: Galaxy S9+ va iPhone X drop-testda o‘zaro bellashdi!

  •   DiMaX
  •  2393
  •  23.03.2018 16:25

EKSKLYuZIV VIDEO: Galaxy S9+ va iPhone X drop-testda o‘zaro bellashdi!

Apple o‘zining iPhone X superflagmani shishasini umuman barcha smartfonlarda qo‘llangan eng mustahkami, deya maqtangan edi. Samsung esa Galaxy S9 turkumidagi qurilmalarida yanada qalinroq displey oynasi va yaxshilangan alyuminiy qotishmasini ishlatganini aytgan.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 1. Gorilla Glass 5 himoyali Super AMOLED displey (+video)

PhoneBuff sayti tahririyati jamoasi esa yetakchi smartfonsozlarning shu ikki modeli korpuslari mustahkamligini drop-test orqali sinab ko‘rishdi.

Jurnalistlar bu ikki flagmanni uch raundlik «olishuv»da maydonga tushirishdi. Birinchi bosqichda smartfonlarni betonga orqa tarafi bilan tekis tashlab ko‘rishdi. Har ikkala qurilma ham ish faoliyatini saqlab qoldi, ammo Galaxy S9+ orqa panelining shishasi darz ketdi. iPhone X korpusi esa aytarli shikastlanmadi.

Ikkinchi turda esa smartfonlarni korpusining burchagi bilan tashlab sinashdi. iPhone X yana maksimal o‘n ball oldi, Samsung flagmani esa bu raundda undan mo‘rtroq ekani ma’lum bo‘ldi. Ammo smartfonlarni ekrani bilan betonga tashlab sinalgan uchinchi bosqichda vaziyat butunlay teskarisiga o‘zgardi. Ya’ni, Galaxy S9+ displeyiga yotqizilgan shishaga hech nima bo‘lmadi, Apple superflagmani old oynasi esa darz ketdi.

O‘QING: Eksklyuziv video: iPhone X’ni 300 metrlik balandlikdan tashlasa nima bo‘ladi?

Mana, birga tomosha qilamiz:

Guvohi bo‘lib turganingizdek, uch bosqichli sinovdan so‘ng jurnalistlar yana qo‘shimcha raundlarni o‘tkazishga qaror qilishdi. Bunda smartfonlarni yana o‘n martadan betonga tashlab sinab ko‘rish rejalashtirilgan edi. Biroq beshinchi tashlashdan keyinoq iPhone X gadjeti «Uyga» ishorasini anglamay qoldi. Galaxy S9+ esa o‘ninchi tashlashga ham bardosh berib, munosib g‘alabaga ega bo‘ldi.

O‘QING: Hamyonbop Doogee S60 Lite – «o‘ldirib bo‘lmas» 4G-smartfon

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!