Eksklyuziv video: inqilobiy Tesla Phone smartfonini batafsil tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  3219
  •  25.11.2017 15:37

Eksklyuziv video: inqilobiy Tesla Phone smartfonini batafsil tomosha qiling!

Tesla hozirda butun insoniyatni yorqin kelajak sari undayotgan eng innovatsion kompaniyalardan biridir. Kompaniyaning yangi ishlanmalaridan biri inqilobiy Tesla Phone smartfoni bo‘ladi, deb yozadi AKKet nashri.

O‘QING: AvtoMobil: Tesla smartfonining konsepsiyasi tarqaldi

Concept Creator nomli YouTube-kanalning dizaynerlar guruhi esa allaqachon Tesla Phone videolavhasini ishlab chiqib, internetga joyladi. Unda ko‘rinishicha, innovatsion bu qurilmaning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – old panelni deyarli butkul egallagan va tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘lgan ekranidir. Uning yuqorisi va pastida kichkina romlari mavjud bo‘lib, u yerda turli datchiklar va modullar joylashgan.

Tesla Phone ekrani, videorolikka ishonadigan bo‘lsak, yon tomonlari qayrilma shaklda, bu esa smartfonga yanada ajoyib ko‘rinish baxsh etgan. Korpusning orqa qopqog‘i metalldan yasalgan, unda barmoq izi skaneri yo‘qligiga ko‘ra, Tesla’ning ilk telefoni ham, xuddi Apple’ning yubiley ayfonidagi singari, yuz skaneri bilan jihozlangan.

O‘QING: Stiv Voznyak: Apple endi innovatsiyalarga qodir emas!

Mana, smartfonni videolavhada o‘zingiz tomosha qilib zavqlaning:

Guvohi bo‘lganingizdek, inqilobiy smartfon korpusining orqa tomonida faqatgina asosiy kameraning tik joylashgan ikkita modulini ko‘rishimiz mumkin. Ob’yektivlar orasida chaqnoq ko‘zga tashlanadi, ularning tepasida – qopqoqning yuqori chetida esa ishlab chiqaruvchining logotipi aks ettirilgan. Telefonning yon qirralarida nafaqat odatdagi uchta – ovozni balandlatish/pasaytirish va ekranni blokdan chiqarish tugmachalari, balki yana, xuddi barcha iPhone’larda bo‘lgani kabi, ovozli rejim pereklyuchateli ham joylashgan.

O‘QING: Stiv Voznyak: Apple endi innovatsiyalarga qodir emas!

Tesla Phone pastki qirrasida USB Type-C porti joylashgan, uning yonida esa quloqchin ulash uchun an’anaviy 3,5 millimetrlik tirqish ham mavjud.

 

Tesla Phone smartfonining qachon taqdim etilishi, narxi va apparat xususiyatlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatori xabardor bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Tesla gadjetlar uchun ilk poverbankni sotuvga chiqardi