EKSKLYuZIV VIDEO: texnobloger 2018 yilning eng mustahkam flagmanini sindirishga urinib ko‘rdi

  •   DiMaX
  •  1638
  •  11.05.2018 15:26

EKSKLYuZIV VIDEO: texnobloger 2018 yilning eng mustahkam flagmanini sindirishga urinib ko‘rdi

Turli kompaniyalarning yangi smartfonlarini, xususan, flagman modellarini qiziquvchilar va mutaxassislar har xil usullarda drop-testdan o‘tkazib ko‘rishlaridan xabaringiz bor. Ayniqsa, bu borada JerryRigEverything nikli texnoblogerning ishlari diqqatga sazovor.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: Galaxy S9 mustahkamligini tirnab va yondirib sinab ko‘rishdi!

Yaqinda ushbu videobloger joriy yilning eng mustahkam smartfoni, deya da’vo qilinayotgan Sony Xperia XZ2 modelini sinovdan o‘tkazib ko‘rdi. JerryRigEverything bu flagmanning tirnalishlarga chidamliligini tekshirdi, korpus romidagi metallning qalinligi va sifatini baholadi.

Ta’kidlash kerakki, yapon flagmani barcha sinovlarga mardonavor turib bardosh berdi. Ammo hammadan ham Xperia XZ2 modelini bukishga bo‘lgan urinish blogerni (tabiiyki, uning YouTube-kanali tomoshabinlarini ham) hayratga soldi.

Mana, birga tomosha qilamiz va hayratga cho‘mamiz:

Guvohi bo‘lganingizdek, Sony’ning mazkur modeli qo‘l bilan nafaqat sindirib bo‘lmaydigan, balki hatto korpusini biror shikast yuzaga keladigan darajada bukib ham bo‘lmaydigan kam sonli smartfonlardan biri bo‘lib chiqdi. Romi metalldan bo‘lsa-da, korpus panellari oddiy toblangan shishadan yasalgan devays uchun bu – judayam yaxshi natija.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r flagmanlarini o‘zaro taqqoslaymiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!