Ekspert fikri: LG G6 to‘g‘risida ilk taassurotlar

Ekspert fikri: LG G6 to‘g‘risida ilk taassurotlar

LG kompaniyasining navbatdagi G6 flagmanini taqdim qilgani to‘g‘risida kecha xabar bergan edik. 2016 yilda taqdim qilingan G5’ning muvaffaqiyatsizligidan xulosa chiqargan kompaniya bu gal ishni pishiq qilgan ko‘rinadi. Taniqli jurnalist, insayderlar LG G6’dan foydalanib, flagman to‘g‘risidagi ilk taassurotlarini o‘rtoqlashdilar. Fikrlar turlicha, aksariyati ijobiy.

digitaltrends.com, Malariya Gokey: «Umuman olganda, LG G6 tahririyatimiz a’zolarida yaxshi taassurot qoldirdi — kuchli va yaxshi yechimga ega smartfon. Ayniqsa, foydalanuvchi interfeysi qulay ishlab chiqilgan. Bu ajoyib flagman. To‘g‘ri, unda ba’zi bir yetakchi gadjetlarga xos hamma jihatni ham uchratish qiyin, misol uchun biz 2017 yilning ilg‘or protsessorini kutgan edik. Biroq, yaxshi jihati — yirik va yuqori sifatli ekrani. Shuningdek, bir qo‘lda ham foydalanish mumkinligi».

androidpolice.com, David Ruddok: «LG G6 2017 yil uchun bir oz g‘alati qurilma bo‘lishi mumkin. Bu kimgadir HTC U Ultra’ni eslatsa, ajablanmayman. Uni tushunishim uchun yana bir muddat foydalanib ko‘rishim kerak. G6 — super telefon demoqchi emasman, ammo foydalanuvchi ehtiyojini qondiradigan darajada yaxshi. Uni taqqoslash uchun Samsung va Apple’ning yangi flagmanlari taqdimotini kutamiz. Taxminimcha, LG uchun bu yilgi raqobat ham oson kechmaydi».

theverge.com, Sem Bufurdi: «LG G6 avvalgi “aqlli telefon”larga nisbatan ilg‘or va puxtalik bilan o‘ylangan smarfton. Ammo G6 uchun yanada ko‘proq jihatlar tatbiq qilish mumkin edi. Bozorda g‘olib bo‘lish uchun LG’ning mobil bo‘linmasi bir qadam oldinda yurishga majbur. Men shunchaki musiqani miriqib tinglash, videoni maza qilib tomosha qilish mumkin bo‘lgan qurilmani ko‘rib turibman. To‘g‘ri, bu kompaniya qurilmalari orasida eng zo‘ri, ammo uning raqiblarining smartfonlari orasida emas».

venturebeat.com, Jordan Novet: «LG G6 boshqa Android-smartfonlar bilan solishtirganda, dizayn jihatdan bekamu ko‘st. Bugungi raqobatni inobatga olib aytish mumkinki, G6 yil davomida taqdim etiladigan flagman smartfonlar orasida eng yaxshilaridan biri bo‘ladi. Shuningdek, Samsung Galaxy S8 bilan ham raqobatga kirisha oladi».

engadget.com, Richard Lay: «G6 bilan o‘tgan qisqa muddatli “tillashuvim” davomida shunga amin bo‘ldimki, LG kompaniyasi “aqlli” yondashuv qilganiga ishonch hosil qilish mumkin. Bu juda kuchli va o‘ziga xos qurilma. Bu — amaliy jihatdan yuqori salohiyatli va yangicha jihatlarga ega gadjet. Undagi FullVision texnologiyasidagi displey — smartfon bozorida uzoq kutilgan ilmiy yutuq. Hech narsa mukammal bo‘lmaganidek, G6’da ham boshqa Android’larda yo‘q qaysidir jihatlar yo‘q, albatta».

mashable.com, Stan Shroyder: «LG G6 yirik ekranli, ba’zi texnologik xususiyatlarga ega chiroyli smartfon. Ammo bu meni o‘ziga maftun eta olmadi. Albatta, buning uchun ehtimol menga vaqt kerakdir. Hozirsa esa, LG super flagman yaratganiga shubham bor».

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!